So’nggi yangiliklar

10:42"Пахтакор"нинг Эрон клублари билан ўйинлари статистикаси қандай?  0 10:06Руд ван Нистелрой АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  1 09:33Роналдуни судга беришди  6 08:53Дебют ўйинида «Ипсвич»ни юта олмаган Аморим нималар деди?  3 08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  4 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  2 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  47 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  25 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  6 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38

"Bunyodkor" qoida buzilish bilan gol urdi, "Qizilqum"ning golini xato bilan bekor qilishdi. Superliga 15-tur hakamlik tahlili Yangiliklar

"Bunyodkor" qoida buzilish bilan gol urdi, "Qizilqum"ning golini xato bilan bekor qilishdi. Superliga 15-tur hakamlik tahlili

Rossiyalik sobiq hakam barcha bahsli epizodlarni tahlil qildi.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 15-turidagi barcha bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.


✅✅ "Lokomotiv" - "Olimpik" VIDEO

Hujumning boshlang'ich qismi: uzatmadan so'ng to'p qo'lini tanaga yopishtirib olgan "Olimpik" himoyachisiga tegmoqda. O'yinni davom ettirish kerak bo'lgan klassik epizod. Ikkinchi qism: "Lokomotiv" o'yinchisi darvoza tomon zarba bermoqda, undan bir metr masofada turgan himoyachining ham qo'liga to'p tekkandek ko'rinmoqda. Qo'l bu erda ham deyarli boyagidek holatda. Hakam ikki vaziyatda ham o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi.


✅ "Lokomotiv" - "Olimpik" VIDEO

O'yinni davom ettirish bo'yicha hakamning ajoyib qarori. Birdan hakamning ideal poziciyasi va harakatini qayd etgan bo'lardim. "Olimpik" o'yinchisi ataylab to'p tomonga emas, balki "Lokomotiv" himoyachisi tomon harakat qilmoqda va minimal kontaktning tashabbuskori bo'lmoqda. Bunday vaziyatlarda o'yinni davom ettirish kerak. VAR aralashmaydi.


✅ "Neftchi" - "Dinamo" VIDEO

Hakamning to'g'ri va VARning vaziyatga aralashish bo'yicha to'g'ri qarori. Jiddiy qoida buzilish uchun "Neftchi" o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatildi. Raqib o'yinchisining sog'ligiga xavf bor, tishlar ham mavjud, bosim bor va tegish joyi to'piqdan balandda.


✅ "Neftchi" - "Dinamo" VIDEO

To'p jarima maydonchasiga uzatilganidan so'ng "Dinamo" himoyachisi raqibni ikki qo'llari bilan ushlamoqda va buni davomli vaqtda qilmoqda. Natijada "Neftchi" hujumchisi to'p uchun kurashga kira olmayapti. Penalti va "Dinamo" himoyachisiga sariq kartochka. VAR to'g'ri aralashdi, hakam yakunda to'g'ri qarorga keldi.


✅ "Nasaf" - "Paxtakor" VIDEO

Menimcha, hakamning o'zi o'yindan bunday penaltini belgilashi kerak. Epizodning butun qiyinchiligi jarimadadir (sariq yoki qizil kartochka). VAR yaxshi takroriy vaziyatni topdi va uni bosh hakamga ko'rsatdi, unda "Paxtakor" himoyachisining to'p uchun o'ynashga qandaydir urinishi bor. Bunday vaziyatlarda sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi va hakam shunday ham qildi.


✅ "So'g'diyona" - "Metallurg" VIDEO

Hakam "So'g'diyona" foydasiga penalti belgilab to'g'ri qildi. Asosiy jihat "Metallurg" himoyachisi tomonidan to'pga qo'l bilan bo'lgan harakat. U yon tarafga tashlangan, bundan tashqari notabiiy holatda (o'n qo'l chap tomondan bel orqasida). Hakamning yaxshi poziciyasini qayd etaman.


✅ "Bunyodkor" - "Andijon" VIDEO

Hakam "Andijon"ning golini bekor qilib, VAR esa o'yinga aralashib to'g'ri qildi. Bosh hakam uchun qiyin vaziyat, sababi barchasi juda tez sodir bo'ldi. Gol esa yakunda qo'l bilan urildi. Qo'l bilan gol urgan o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatish kerak edi. Bu hattoki gol qo'l bilan tasodifan urilganida ham qilinadi.


❌ "Bunyodkor" - "Andijon" VIDEO

Ushbu vaziyatda qilish mumkin bo'lgan eng oddiy narsa "Andijon" foydasiga hushtak chalishdir. "Bunyodkor" raqibni to'p va cho'zilgan qo'llar bilan kutmoqda va kichikroq "shlagbaum" qilmoqda. Folni qayd etish kerak edi va barcha bu haqda unutardi. Ammo, yakunda buning barchasi "Bunyodkor"ning gol urishiga olib keldi. Menimcha, hakam vaziyatni noto'g'ri talqin qildi va qarorda adashdi. VAR ham vaziyatga aralashishi mumkin edi, sababi biroz vaqt o'tib gol urilgandi. "Bunyodkor"ning golini VAR aralashuvidan so'ng yoki boshida fol qayd etgan holda bekor qilish kerak edi.


✅ "Bunyodkor" - "Andijon" VIDEO

Hakam ofsayd sabab "Bunyodkor"ning golini bekor qilib to'g'ri qildi. Hujumdagi o'yinchi to'p uzatilganidan so'ng uni bosh bilan darvozaga kiritib yubormoqda, ammo to'pga intilgan va epizodda ishtirok etgan ikki o'yinchi ham o'yindan tashqari holatda edi.


✅ "Bunyodkor" - "Andijon" VIDEO

"Andijon"ning 26-raqamdagi o'yinchisiga raqib oyog'ini bosgani uchun sariq kartochka berish to'g'ri qaror. O'yinchi oyog'ini bunday tarzda tishlari bilan oldinga harakatlantirishi xavflidir. Bu raqibga jarohat etkazish mumkin bo'lgan katta tavakkaldir.


❌ OKMK – "Navbahor" VIDEO

VAR o'yinga aralashib xato qilmoqda. Tushunishim bo'yicha, jiddiy qoida buzilish bo'yicha vaziyatni ko'rishdi. "Navbahor" hujumchisining darvozabon tarafga qo'shimcha harakatini izlashdi, ammo u yo'q edi. Menimcha, hakamning ushbu vaziyatda ko'rsatgan sariq kartochkasi etarli edi.


✅ OKMK – "Navbahor" VIDEO

Gol to'g'ri hisoblandi. Bu erda eng asosiysi OKMK darvozabonining golni qayd etmaganidadir. To'p darvozabonga yaqin joyda sakramoqda va "Navbahor" o'yinchisi uni qoida buzmagan holda darvozaga yo'llamoqda. To'p shundan so'ng ilk qismda darvoza chizig'ini kesib o'tmoqda, bu takroriy lavhadan va to'liq chiziqdan u tarafda turgan o'yinchi tanasining holatidan yaqqol ko'rinib turibdi.


✅ OKMK – "Navbahor" VIDEO

OKMK asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berilgan bo'lsa ham, 90+8 daqiqada gol urdi. Lavhani ortga surgan holda, "Navbahor" o'yinchisining 94:10 daqiqada OKMK darvozasi tomon zarba yo'llaganiga etiborimni qaratdim. SHu bilan birga, to'p darvozadan 96:27 daqiqada o'yinga kiritildi. To'p ikki daqiqadan ortiq o'yinda bo'lmadi (o'yin lavhalariga ko'ra). SHunday ekan, hakam bu ikki daqiqani qo'shdi va OKMKning goli hech qanday qoidabuzarliksiz urildi.


❌ "Surxon" - "Qizilqum" VIDEO

Ushbu vaziyatda barcha etibor belga emas, balki o'yinchilarning oyog'igadir. "Surxon" himoyachisi oyog'ini qo'ymoqchi va raqibni to'xtatishga urinmoqchi bo'lib o'yinchining harakat yo'lini kesmoqda. Muhimi, u to'pga o'ynamayapti, "Qizilqum" hujumchisining oyog'i esa mudofaa o'yinchisi unga yaqin kelganda maysada turibdi. Kontakt mudofaa o'yinchisining aybi bilan ro'y bermoqda, ammo hech qanaqasiga hujumdagi o'yinchi sabab emas. VARning noto'g'ri aralashuvi, "Qizilqum"ning golini hisoblash kerak edi.


SHunday ekan, hakamlar Superliganing 15-turida uchta xatoga yo'l qo'yishdi, ulardan ikkitasi natijaga tasir qildi - "Bunyodkor"ning hisoblangan goli ("Andijon"ga qarshi o'yinda) va "Qizilqum"ning bekor qilingan goli ("Surxon"ga qarshi o'yinda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика