So’nggi yangiliklar

18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  4 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  7 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5

“Bunyodkor” o'tgan yil o'z xarajatlarining necha foizini qoplay oldi? Ulug'bek Mirzaev javob berdi Yangiliklar

“Bunyodkor” o'tgan yil o'z xarajatlarining necha foizini qoplay oldi? Ulug'bek Mirzaev javob berdi

“Bunyodkor” jamoasi o'z akademiyasi bilan nafaqat yurtimizda balki, markaziy Osiyoda ham etakchi hisoblanadi.

Klub akademiyasidan chiqqan tarbiyalanuvchilarni xorij jamoalariga transfer qilinishi bilan bog'liq savolga bosh direktor Ulug'bek Mirzaev “Tezkor Studiya”da javob berib o'tdi.

“Eng ko'p va katta daromad keltiradigan yo'l biz uchun futbolchilarning transferidan hisoblanadi. Endi qancha daromad topishimiz haqidagi savolga keladigan bo'lsak, 2019 yil prezident qarorida ham keltirib o'tilgan 2020-2030 yillar oralig'ida klublarni o'zini o'zi taminlashni yo'lga qo'yishni boshlashi kerak. Bu juda oson emas. CHunki, muxlislarni kelishidan daromad deyarli tushmaydi. Translyaciyalardan ham shunday.

O'zimizni homiylardan tushayotgan mablag'lardan tushumlar kelib turibdi. “Bunyodkor” jamoasi o'tgan yili o'z xarajatlarini 15-20 foizini qoplay oldi. Bu juda past ko'rsatkich demagan bo'lardim. Boisi, biz akademiyamizdagi B, S guruhlarimizga badal pullarini tashkil qilganmiz. Homiylar bilan ishladik. Bazi futbolchilarimiz transfer qilindi. Sardor Rashidovga o'xshagan futbolchilarni uch, to'rt yilda bir marta sotish mumkin”,- deydi mutaxassis Ulug'bek Mirzaev.


Kechagi "Tezkor studiya"ni quyida tomosha qilish mumkin:  



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика