So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Bunyodkor" murabbiyi Ilyos Zeytullaev: "Yigitlar professionalligini, vaziyatdan chiqib keta olishini yuragim bilan sezib turibman" Yangiliklar

"Bunyodkor" murabbiyi Ilyos Zeytullaev: "Yigitlar professionalligini, vaziyatdan chiqib keta olishini yuragim bilan sezib turibman"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Jayxun" (7:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda ham ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bu haftada juda ham faol ishlashdi, mashg'ulotlarda o'zlarini ko'rsatishdi. Murabbiylar shtabiga ham rahmat. Bizda ahil shtab va oila bor. Qolaversa, muxlislarga ham tashakkur. Uchrashuv yakunida g'alabani biz bilan birga nishonlashdi. Bu biz uchun muhim edi",- deydi Ilyos Zeytullaev. 

- Bu o'yingacha jamoada katta ruhiy bosim bor edi. Hali g'alaba qozonmagandi. Aynan mazkur uchrashuvga qadar bo'lgan vaqtda nimani o'zgartirishga urindingiz?

- Qiladigan ishlarimiz hali ko'p. Jamoamizda iqtidorli yoshlar va tajribali futbolchilar bor. SHunchaki og'ir-bosiqlik bilan oldinga qarab intilish kerak, xolos. 

- O'zbekistonlik muxlislar sizni futbolchi sifatida ko'rishgan. O'zbekistonda esa birinchi bor murabbiy sifatida gavdalandingiz. Bu o'zingiz uchun ham qiziq bo'lsa kerak?

- Men uchun O'zbekistonga qaytish katta baxt, chunki shu yurtda tug'ilganman, ulg'ayganman. Ota-onam O'zbekistondan. Italiyada 10 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgandim. Endi u erda o'rganganlarimni "Bunyodkor"da qo'llashga, jamoaga yordam berishga harakat qilaman. 

- Keyingi uchrashuvgacha ko'p vaqt qolgani yo'q. Yana qaysi kamchiliklar ustida ish olib borish kerak deb hisoblaysiz?

- Murabbiylar shtabi bilan tahlil qilib chiqamiz. Xatolarni tushuntiramiz va mashg'ulotda birgalikda ishlaymiz. Umuman olganda jamoa juda zo'r. Yigitlar professionalligini, vaziyatdan chiqib keta olishini yuragim bilan sezib turibman. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Murabbiylar borki, qo'l ostidagi bor tarkib bilan natija qiladi. Yana ayrim murabbiylarga yaxshi selekciya va tajribali futbolchilar zarur. Siz qaysi toifaga kirasiz?

- "Bunyodkor"da yaxshi tarkib va selekciya qilingan. Ayniqsa yoshlarda ishtiyoq kuchli. Birga ishlash qiziqarli. Lekin ularga to'g'ri yo'nalish bera olishimiz muhim. Mengacha kim ishlagan bo'lsa ham yaxshi faoliyat olib borgan. "Bunyodkor"da infratuzilma, tizm yaratilgan. Faqat g'alabalar orqali oldinga siljib olishimiz kerak. "Bunyodkor"ning ajoyib tarixi bor. Bu erda Jeparov, Kapadze, Rivaldo kabi yulduzlar to'p tepgan. Skolari, Qosimov kabi murabbiylar ishlagan. Intensiv ish olib borishimiz va oldinga intilishimiz kerak. 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика