So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

"Bunyodkor" - "Laxviya". O'yindan oldingi malumotlar Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Laxviya". O'yindan oldingi malumotlar

Ertaga "Bunyodkor" Osiyo chempionlar ligasi doirasida o'z maydonida Qatarning "Laxviya" klubini qabul qiladi. Quyida mazkur uchrashuv bilan bog'liq bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.
- Avvalo shuni aytish lozim, "Bunyodkor" bungacha "Laxviya" bilan hali o'ynamagan. Demak, ertangi o'yin mazkur jamoalarning o'zaro ilk  to'qnashuvi bo'ladi;

- "Bunyodkor" o'z tarixida ketma-ket 8-marta OCHL guruh o'yinlarida ishtirok etmoqda. Bu borada "Laxviya"ning ko'rsatkichi ketma-ket to'rt mavsumga teng;

- "Bunyodkor" bungacha Qatarning "Al Jayish" klubiga qarshi ikkita o'yinda maydonga tushgan. Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda jamoa 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Doxadagi uchrashuvda xuddi shu hisobda g'alaba qozongan;

- "Bunyodkor" oxirgi paytlarda o'z maydonida ko'p ham g'alaba qozona olmayapti. Sergey Lushan shogirdlari Toshkentda kechgan oxirgi 11ta o'yindan faqat ikkitasida g'alaba qozonishgan: "Al Fath" (3:2) va "Al Jazira" (2:1) ustidan.

- Bu yil hisobidan OCHL guruh bosqichida hozircha ikkita o'yin o'tkazgan "Bunyodkor" bir durang va bir mag'lubiyat bilan guruhda 3-o'rinni egallab turibdi.

- "Bunyodkor" futbolchilari SHaker Zuagi, Javlon Ibrohimov, Sato Minori va Akrom Komilov hisobida bittadan sariq kartochka bor. Agar shu o'yinchilardan kimdir ertaga yana ogohlantirish oladigan bo'lsa, navbatdagi bellashuvni o'tkazib yuboradi.

- "Bunyodkor" oliy ligani g'alaba bilan boshladi: "Bunyodkor" - "Buxoro" 2:0;

- Qatarning "Laxviya" klubi bungacha o'zbek klublaridan faqat "Paxtakor"ga qarshi bahs olib borgan. OCHLning 2013 yilgi mavsumida ular "Paxtakor"ni Doxada 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Toshkentda 2:2 hisobida durang o'ynashgan;

- "Laxviya"ning bu yilgi OCHLda ilk goli muallifi slovakiyalik Vladimir Vayss bo'ldi. "Al Nasr" bilan qayd etilgan 1:1 hisobidagi o'yinda Vayss gol urishga muvaffaq bo'ldi;

- Dastlabki ikki uchrashuvda "Laxviya" safida bittadan sariq kartochka olgan futbolchilar: Vladimir Vayss, Xolid Mufta, Karim Boudiaf, Muhammad Tresor va jamoa sardori Luis Junior;

- "Persepolis"ga qarshi bahsda jarohat olgan himoyachi Ahmad Yosir mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Demak, bu futbolchi uchun OCHL tugadi;

- O'tgan shanba kuni "Laxviya" "Umm Salal" ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Jamoa Qatar chempionatida 52 ochko to'plagan holda birinchi o'rinda boryapti. Ikkinchi o'rinda kelayotgan "Al Sadd" hisobida 45 ochko mavjud, chempionat tugashiga esa to'rt tur qoldi.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика