"Bunyodkor" ikki nafar legioner bilan xayrlashdi
08 iyu 2024 22:10
Yangiliklar
"Bunyodkor" ikki nafar legioner bilan xayrlashdi
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi yozgi transferlar oynasida tarkibda o'zgarishlarga qo'l urmoqda.
Mavsumning dastlabki qismida "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qilgan xorvatiyalik hujumchi Toni Yovich va bosniyalik himoyachi Samir Zelkovich klub bilan xayrlashdi. Ular ikkinchi davrada faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Bundan tashqari legionerga aylangan Amirbek Saidov bilan ham shartnoma bekor qilindi.
Malumot uchun, Yovich Superligada 12 ta o'yinda maydonga tushdi va birorta gol urmadi. O'zbekiston kubogida esa 3 ta bahsda 1 ta gol, 1 ta assist qayd etdi. Zelkovich esa 8 ta o'yinda 1 ta gol muallifiga aylandi. Uning keyingi jamoasi Serbiya Birinchi ligasi vakili "Radnichki Krag" bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar