"Bunyodkor" hujumkor futbolchi qidiryapti
11 fev 2022 02:26
Yangiliklar
"Bunyodkor" hujumkor futbolchi qidiryapti
Toshkentning "Bunyodkor" klubi 5-fevraldan buyon Turkiyaning Antalya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.
Xabaringiz bor, 2021 yilgi mavsumdan keyin "qaldirg'ochlar" asosiy tarkibidan 6 nafar futbolchi jamoani tark etgandi. Ularning o'rni klub tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirilmoqda. Bundan tashqari, "Bunyodkor" rahbariyati hujum chizig'ini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. SHu maqsadda Antalyada bo'lib turgan jamoa mutasaddilari 1 nafar hujumchi va 1 ta yarim himoyachi qidirish bilan band. Qaldirg'ochlar rahbariyati oldingi kunlarda "Ruda" (CHernogoriya), "Enisey" (Novosibirsk), "Dinamo" (Kiev), "SHiroki-Brieg" va "Universitatya Kluj" (Ruminiya) klublarini kuzatdi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar