So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  3 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

"Bunyodkor": Eng yosh tarkibdan eng yirik g'alaba Yangiliklar

"Bunyodkor": Eng yosh tarkibdan eng yirik g'alaba

Kecha “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tgan mehmonda harakat qilgan “Bunyodkor” ishonchli tarzda raqibni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bosh murabbiy Sergey Lushan uchrashuvning dastlabki daqiqalardan boshlab 1996 yilda tavallud topgan mudofaa chizig'i vakili Akramjon Komilovga ishonch bildirdi. CHap qanotda hujumkor himoyachi sifatida to'p tepgan Komilov butun o'yin davomida o'zidan yaxshi taassurot qolirdi. SHuningdek, ikkinchi bo'lim o'rtalarida yana bir yosh yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov maydonga tushirildi. 17 yoshli yarim himoyachi ham o'zining chiroyli harakatlari va yaxshi hislatlari bilan ajralib turdi. Qolaversa, so'nggi o'yinlarda oldingi chiziqda tez-tez ko'rinish berayotgan Temur Ayupov ham “Olmaliq”qa qarshi bahsda to'p tepdi. 1990 yilda tavallud topgan yaponiyalik Sato Minori ham ilk borada asosiy tarkib bilan to'liq o'yinda ishtirok etdi.

Etiborlisi, asosan yoshlar hisobiga “Bunyodkor” ushbu mavsumdagi eng yirik g'alabasini safarda qo'lga kiritdi. “Bunyodkor” joriy mavsumda hozircha raqiblarni to'rtta to'p farqi bilan yutmagandi.

“Olmaliq”qa qarshi bahsda “Bunyodkor” jamoasining o'rtacha yoshi 26,2ni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha “qaldirg'ochlar” ushbu mavsumdagi eng yosh ko'rsatkichlarini qayd etishdi. Quyidagi jadvalda “Bunyodkor”ning ichki musobaqalardagi o'rtacha yoshlari ko'rsatib o'tilgan.

Sana

Musobaqa

“Bunyodkor”

o'rtacha yoshi

Raqib

o'rtacha yoshi

Uchrashuv

15.03.2014 Oliy liga 28,1 27,2 “Bunyodkor” – “Qizilqum” 2:1
23.03.2014 Oliy liga 28,9 25,3 “Mashal” – “Bunyodkor” 0:2
27.03.2014 Oliy liga 27,5 26,1 “Bunyodkor” – “Olmaliq” 1:1
06.04.2014 Oliy liga 28,2 27,5 “Dinamo” – “Bunyodkor” 0:2
11.04.2014 Oliy liga 28 27,2 “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:1
28.04.2014 Oliy liga 26,7 27,9 “Buxoro” – “Bunyodkor” 1:1
02.05.2014 Oliy liga 26,8 26,1 “Bunyodkor” – “Navbahor” 3:0
19.05.2014 Oliy liga 27,8 28,3 “Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0
23.05.2014 Oliy liga 27,9 24,7 “Bunyodkor” – “Metallurg” 2:0
01.06.2014 Oliy liga 28,9 22,8 “So'g'diyona” – “Bunyodkor” 0:2
05.06.2014 Oliy liga 28,8 26,4 “Bunyodkor” – “Neftchi” 1:1
10.06.2014 O'zb.kubogi 27,6 26,1 “Bunyodkor” – “Olmaliq” 2:2
14.06.2014 Oliy liga 27,7 27,3 “Bunyodkor” – “Andijon” 2:0
18.06.2014 O'zb.kubogi 26,2 27,1 “Olmaliq” – “Bunyodkor” 0:4
Jami  . 27,8 26,4  .


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика