So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  212 21:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  17 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

“Bunyodkor-2001” Rossiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi Yangiliklar

“Bunyodkor-2001” Rossiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

30 mart – 4 aprel kunlari Rossiyaning Qozon shahrida 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Lenar Gilmullin xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi.
“Rubin” futbol klubi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ushbu musobaqa jamoa safida 2003-2007 yillari to'p tepgan, 2005-2007 yillar mobaynida Rossiya yoshlar terma jamoasi sardori sifatida harakat qilgan, bu yorug' olamni 22 yoshida tark etgan qozonlik Lenar Gilmullin xotirasiga bag'ishlab o'tkazilmoqda.

Turnirda jami 6ta jamoa ishtirok etadi. Bular: “Krasnodar” (Rossiya), “Qayrat” (Qozog'iston), “Dinamo” (Belorus), “Bunyodkor” (O'zbekiston), “Rubin” (Rossiya) va “Zimbru” (Moldaviya).

2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Lenar Gilmullin xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro musobaqa taqvimi
(30 mart – 4 aprel)

1.“Krasnodar” (Krasnodar, Rossiya)
2.“Qayrat” (Olma-Ota, Qozog'iston)
3.“Dinamo” (Minsk, Belorus)
4.“Bunyodkor” (Toshkent, O'zbekiston)
5.“Rubin” (Qozon, Rossiya)
6.“Zimbru” (Kishinyov, Moldaviya)

1-tur. 30 mart
12:00 “Dinamo” – “Bunyodkor” (asosiy maydon)
13:30 Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi
14:00 “Qayrat” – “Rubin” (1-maydon)
15:30 “Krasnodar” – “Zimbru” (asosiy maydon)

2-tur. 31 mart
15:00 “Bunyodkor” – “Rubin” (asosiy maydon)
16:30 “Dinamo” – “Zimbru” (asosiy maydon)
18:00 “Krasnodar” – “Qayrat” (asosiy maydon)

3-tur. 1 aprel
15:00 “Rubin” – “Dinamo” (asosiy maydon)
16:30 “Krasnodar” – “Bunyodkor” (asosiy maydon)
18:00 “Zimbru” – “Qayrat” (asosiy maydon)

2 aprel. Dam olish kuni

4-tur. 3 aprel
13:00 “Rubin” – “Zimbru” (asosiy maydon)
14:30 “Bunyodkor” – “Qayrat” (asosiy maydon)
16:00 “Krasnodar” – “Dinamo” (asosiy maydon)

5-tur. 4 aprel
12:00 “Zimbru” – “Bunyodkor” (asosiy maydon)
13:30 “Krasnodar” – “Rubin” (asosiy maydon)
15:00 “Qayrat” – “Dinamo” (asosiy maydon)
16:30 Musobaqaning rasmiy yopilish marosimi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика