Bundesliga. “Gerta” va “Gamburg” o'rtasida pley-off uchrashuvi bo'lib o'tdi
24 may 2022 09:15
Yangiliklar
Bundesliga. “Gerta” va “Gamburg” o'rtasida pley-off uchrashuvi bo'lib o'tdi
Bundesliga o'tish bahsida “Gerta” safarda “Gamburg”ni 2:0 hisobida engib, yuqori elitada qoladigan bo'ldi.
Jamoalar o'rtasida o'tgan ilk uchrashuvda “Gamburg” 1:0 natijasi bilan zafar quchgandi.
Berlinliklar tarkibida Dedrik Boyata va Marvin Plattenxardt raqib darvozasini ishg'ol etishdi. Uchrashuv oxirlarida esa mehmonlar azosi Luka Tuzar ikkinchi sariqni olib, maydonni tark etdi.
“Gamburg” 2018 yildan beri ilk bor Bundesligaga qaytish imkonini qo'ldan chiqardi. Bungacha esa klub 55 yildan buyon oliy diviziondan tushib ketmagandi.
Avvalroq, “Verder” hamda “SHalke” Bundesliga 2022/23 yilgi mavsumida qatnashishi malum bo'lib ulgurgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar