Bundesliga. 77 daqiqa bir kishi ko'p bo'lib harakat qilgan “Bavariya” ishonchli g'alabaga erishdi
28 okt 2017 23:36
Yangiliklar
Bundesliga. 77 daqiqa bir kishi ko'p bo'lib harakat qilgan “Bavariya” ishonchli g'alabaga erishdi
Myunxenliklar “Alyan Arenada” “RB Leypcig” klubini 2:0 hisobida taslim etishdi. Mehmonlar tarkibida Orban 13-daqiqada to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka olib, mezbonlarning mushkulini yanada osonlashtirdi. 19-daqiqada Xames hisobni ochgan bo'lsa, 38-daqiqada Robert Levandovskiy o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
Ushbu g'alabadan keyin “Bavariya” ochkolari soni 23 taga etdi va ular turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilishdi.
Germaniya chempionati, 10-tur.
Bavariya – RB Leypcig 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 19 Xames, 2:0 – 38 Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng, Alaba, Martines, Robben (Tolisso, 86), Kimmix (Rafinya, 84), Alkantara, Rudi, Xames, Levandovski (Vidal, 45).
RB Leypcig –Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Zabitcer (Bruma, 46), Keyta, Demme, Forsberg (Laymer, 62), Poulsen, Verner (Konate, 22).
Ogohlantirish: Alkantara (82).
CHetlatish: Orban (13)
Fikrlar