So’nggi yangiliklar

18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  7 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9

Bundesliga, 4-tur. PREVYU Yangiliklar

Bundesliga, 4-tur. PREVYU

Germaniya chempionatining 4-tur bellashuvlariga bugun tunda start beriladi.
Bundesliganing 4-turidan o'rin olgan ilk bellashuv "Frayburg" - "Gerta" o'rtasida kechadi. Bu jamoalar ayni paytda turnir jadvalida yonma-yon ketishmoqda. Tur o'yinlari "qo'shnilar" bahsi bilan boshlanishi bu o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada oshirib yuboradi. O'tkazilgan uch o'yinning faqatgina bittasida durang qayd etgan "Frayburg" va "Gerta" bu safar uch ochko ilinjida bir-birlari bilan kurash olib borishadi. "Frayburg" o'yinni o'z uyida o'tkazishi ularga biroz tashabbusni taqdim etishi mumkin. Ammo "Gerta" mehmonda gol urishni "sevadi"gan jamoa hisoblanadi. Lekin shu bilan birga berlinliklar o'z darvozalari oldiga yaqinlashgan raqiblariga yaxshi "mehmondo'stlik" qilishni ham bilishadi. Bir so'z bilan aytganda, teng kuchli jamoalarning bu bahsi har tomonlama qiziqarli kechishini taxmin qilsa bo'ladi. Qaysi jamoa yangi mavsumdagi ilk g'alabasini nishonlaydi? Yoki jamoalar yana bir ochkodan bo'lib olishadimi? Bu savollarga kechroq bo'ladigan o'yin javob topib beradi.
 


Ertaga esa bundesliganing 4-turidan o'rin olgan yana oltita o'yini bo'lib o'tadi.

Mavsumni ko'tarinki ruhda boshlay olmagan "SHalke" jamoasi bu safar o'z maydonida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini qabul qiladi. Dastlabki uch turdan keyin hali biror marta g'alaba qozona olmagan "SHalke" klubi, chorshanba kuni Evropa chempionlar ligasi doirasidagi bahsda "CHelsi"dan ochko tortib olishni uddaladi. Londonda qayd etilgan bu natijadan so'ng, gelzerkirxenliklarni o'z kuchlariga bo'lgan ishonchlari yana qaytdi. Endilikda "SHalke" o'z muxlislari qarshisida bo'ladigan uchrashuvda "Ayntraxt F" ustidan g'alaba qozonishi kutilmoqda. Lekin bunga "Ayntraxt F" jamoasi rozi bo'ladimi? Turnir jadvalida "SHalke"dan teparoqda turgan klub mehmondan kamida durang natijasi bilan qaytishni rejalashtirgan. Bu bahsda kimning rejasi amalga oshishini esa vaqt ko'rsatadi.



Myunxenning "Bavariya" jamoasiga "qo'shni" hisoblanadigan "Augsburg" shanba kuni Bremenning "Verder" klubi bilan hisoblashib ko'radi.  
O'tgan turda Myunxendan mag'lubiyat bilan qaytgan "SHtutgart" "Xoffenxaym"ni mehmon qiladi.

Mag'lubiyatlar girdobida qolgan "Gamburg" bu safar "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Bu o'yinda myunxenliklar asosiy favorit sanalishadi. Frank Riberining bu uchrashuvda maydonga tusholmasigi "Bavariya"ning asosiy yo'qotishi hisoblanadi. Jarohatlaridan asta-sekin forig' bo'lib, o'z formasini tiklab borayotgan Aren Robben uchrashuvda ishtirok etishi mumkin. Maydon egalari bu bellashuvda katta mo'jiza va birdamlik evaziga nimagadir erishishlari mumkin. CHunki "Gamburg" hozirda o'zining eng yomon sport formasida. "Bavariya" esa asta-sekin o'z o'yini tonusini oshirib bormoqda.

Turning yana bir qiziqarli bahsi "Paderborn" va "Gannover" o'rtasida kechadi. Ayni paytda bu ikki jamoalar chempionatni  mag'lubiyatsiz davom ettirishmoqda va turnir jadvalining yuqori o'rinlarida borishmoqda. Bu to'qnashuv qiziqarli va keskin kurashlar boy bo'lishi aniq. Qaysidir jamoa o'zining muvaffaqiyatli startini buzib qo'yishi mumkin. Bu qaysi jamoa bo'ladi? Aynan shu savolning javobi uchrashuvni keskinlashishiga arziydi va buning bosh sababchisi sanaladi.

Yurgen Kloppning "Borussiya"si bu turda "Maync" mehmoni bo'ladi. Odatda bu jamoalar o'rtasida kechadigan o'yinlar har doim yuqori temp ostida o'tib keladi. Bu safargi "jang" ham avvalgilaridan qolishmasligi aniq. Marko Roysning xizmatlaridan foydalana olmaydigan dortmundliklar o'zlarining sobiq etakchilari, ayni paytda jamoaga qaytgan Kagava bilan "Maync"ga qarshi saf tortishadi. O'tgan turda o'z qaytishini gol bilan nishonlagan Kagava bu safar ham jamoasini o'z ortidan etaklay oladimi-yo'qmi? Bu savolning javobini bilish qiziq bo'lishi tabiiy.



Yakshanba kuni esa yana ikkita qiziqarli bahs nemis futboli ishqibozlarini kutib turibdi.
"Volfsburg" nomi ostidagi "bo'rilar" "aspirinliklar" laqabli "Bayer" jamoasini o'z maydonida sinovdan o'tkazadi. Turnir jadvalidagi yakka peshqadamlikni o'tgan turdan so'ng topshirib qo'ygan "Bayer" seshanba kuni Franciyada "Monako"ga yutqazib qo'ydi. Evropa chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, ular o'z muxlislarini xushnud etish maqsadida "bo'rilar"ni "o'lja"siga aylanmaslikka harakat qilishadi.

Turning so'nggi o'yini esa "Kyoln" - "Borussiya M" o'rtasida bo'lib o'tadi. Bundesligaga bu mavsumda qaytgan "Kyoln" hozircha o'z darvozasidan birorta ham to'p olib chiqqani yo'q. Myonxengladbaxning "Borussiya"sining dastlabki ishi ularni darvozasini "o'qqa" tutish bo'ladi. Bu ishni mehmonlar qay darajada amalga oshira olishadi yoki yo'q buni o'yindan so'ng bilib olamiz.


Bundesliga, 4-tur.

19 sentyabr, juma.

"Frayburg" - "Gerta" (23:30 "NTV-PLYUS Futbol")

"Badenova-SHtadion" stadioni.

Yo'qotishlar
: Daniel Bac, Denis Perger, Kristofer Jyuyen, Stanko, Dani SHaxin, Admir Mehmedi - Sasha Burxert, Gersberg, Bastians, Langkamp, Plattenxardt, Yanker, Ben-Xatira, Jigerji, Baumyoxan, Vagner.

20 sentyabr, shanba.

"SHalke" - "Ayntraxt F" (18:30 "NTV-PLYUS Sport Onlayn")

"Feltins-Arena" stadioni.

Yo'qotishlar
: Gifer, Matip, Xyovedes, Santana, Solashinac, Farfan, Zobottka, Gorectka - Lanig, Flum, Kittel, Gerezgixer, Rozental, Valdes, Valdshmidt.


"Augsburg" - "Verder" (18:30)

"SGL Arena" stadioni.

Yo'qotishlar
: Gelios, Framberger, Rider, Moravek, Ekin, Rayntaler, Ude  - Xusich, Cander, Gebre Selassi, Yildirim, Xake, Bargfrede.


"Gamburg" - "Bavariya" (18:30 "Sport Xit")

"Imtex Arena" stadioni.

Yo'qotishlar
: Collner, Raykovich, Yansen, Ilichevich, Rafael van der Vart, SHtaynmann, Filipp Myuller, Yung, Nafiu, Bayster  - Badshtuber, SHvaynshtayger, Alkantara, Riberi, Martinez.


"SHtutgart" - "Xoffenxaym" (18:30 "NTV-PLYUS Sport Plyus")

"Mersedes-Benc-Arena" stadioni.

Yo'qotishlar
: Vlaxodimos, Lyaybold, Sararer, Xolcxauzer, Yalchin, Moxammed Abdellaue, Ginchek - Kastels, SHtolc, Kim Jin Su, Akloguma, Bichakchich, Amiri.


"Paderborn" - "Gannover" (18:30)

"Paragon" stadioni.

Yo'qotishlar
: Burxert, Bertels, Ameddik, Velker, Lopes, Mexa, SHaglik, Mayer - Miller, Xoffmann, Tesker, Ballas, Tayxgreber, Rankovich, SHtindl, Dirssen, Ernst, Sane, Prib, Suleymani.


"Maync" - "Borussiya D" (21:30 "NTV-PLYUS Futbol2")

"Kofas-Arena" stadioni.

Yo'qotishlar
: Pak Ju Xo, SHilk, Noveski, Kox, Parker, Silshkovich, Rukavica  - Alomerovich, Xummels, Pishchek, Roys, Blashchikovski, SHaxin, Kirx, Kel, Gyundogan, CHi Don Von.


21 sentyabr, yakshanba.

"Volfsburg" - "Bayer" (18:30 "NTV-PLYUS Futbol2")

"Folksvagen-Arena" stadioni.

Yo'qotishlar
: Telke, tresh, oks, Lopes, Seguin, Perishich, Zavada  - Papadopulos, Toprak, Bradt, Rolfes.


"Kyoln" - "Borussiya M" (21:30 "NTV-PLYUS Futbol2")

"Reyn Energi SHtadion" stadioni.

Yo'qotishlar
: Marsel SHuen, SHvento, Golobart, Nagasava, Xelmes  - yo'q.


Germaniya chempionatini tomosha qiling va qiziqarli bahslarni o'tkazib yubormang. Haqiqiy futbol lazzati bundesliga o'yinlarida mujassam.

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика