Bundesliga: 25-tur uchrashuvlari prevyusi
14 mar 2014 22:48
Yangiliklar

Bundesliga: 25-tur uchrashuvlari prevyusi
Diqqat! Bundesligada yangi tur boshlanmoqda.
Ko'z ochib yumgunga qadar bir hafta ham o'tdi va yana etiborimizni Germaniya bundesligasi navbatdagi tur o'yinlariga qaratamiz.
Yana bir necha soatlardan so'ng bundesligada 25-tur uchrashuvlariga start beriladi. Etiborga molik jihati shundaki, mazkur tur doirasidan o'rin olgan bir qator o'yinlarning murosasiz o'tishi kutilmoqda. Ular orasida aytish joiz bo'lsa, medallar masalasini hal qilishi mumkin bo'lganlari ham bor. Ishonamizki, "Bavariya" - "Bayer" hamda "Borussiya D" - "Borussiya M" kabi jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar siz – aziz muxlislarni aslo berfarq qoldirmaydi. Demak, “Championat.asia” da bundesliga 25-tur uchrashuvlari qisqa anonsi.
Mazkur turda quyidagi jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi:
15.03 00:30 da Augsburg - : - SHalke 04
15.03 19:30 da Verder Bremen - : - SHtutgart
15.03 19:30 da Xoffenxaym - : - Maync 05
15.03 19:30 da Gerta Berlin - : - Gannover 96
15.03 19:30 da Ayntraxt B - : - Volfsburg
15.03 19:30 da Borussiya D - : - Borussiya M
15.03 22:30 da Bavariya - : - Bayer Leverkuzen
16.03 19:30 da Gamburg - : - Nyurnberg
16.03 21:30 da Ayntraxt F - : - Frayburg
"Verder" - : - "SHtutgart"
Stadion : "Vezer SHtadion"
Boshlanish vaqti: 15.03 (19:30)
"SA" taxmini: 50 % - 50%
25-tur uchrashuvlari orasida qiziq o'tishi kutilayotgan o'yinlardan biri Bremen shahrida bo'lib o'tadi. Unda aslida bundesliga etakchilari qatorida etirof etiluvchi, ammo joriy mavsumni juda-juda muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgan ikki jamoalar - "Verder" va "SHtutgart" o'zaro bahs yuritishadi. Mashshoqlar jamoasi uchun ushbu matchning ahamiyati katta. Boisi jamoa ancha vaqtdan buyon o'z muxlislari ko'z oldida o'tgan bahslarda omadli to'p tepa olmayapti. Ushbu noxush ananaga barxam berishni maqsad qilgan "Verder" futbolchilariga ushbu vazifani uddalash oson bo'lmaydi. Zero "SHtutgart" ham ochko olish maqsadida Bremenga tashrif buyurmoqda. Demak, bellashuvni kuzatishimizga asoslar etarli. Keling uni kuzatamiz va qaysi jamoa omadliroq ekan, degan savolga birgalikda javob topamiz.
"Borussiya D" - : - "Borussiya M"
Stadion : "Signal Iduna Park"
Boshlanish vaqti: 15.03 (19:30)
"SA" taxmini: 55 % - 45%
Mazkur tur doirasidan o'rin olgan keskin va murosasiz ruhda o'tishi kutilayotgan bahslardan yana biri Dortmundda bo'lib o'tadi. Unda "Signal Iduna Park" sohiblari o'zlarining adashlari - "Borussiya" Myonxengladbaxga qarshi bahs olib borishadi. Ushbu bellashuvni kuzatish uchun sabablarimiz etarli. Birinchidan, mezbonlar o'z o'yinlarini topib borishmoqda va borgan sari sariq-qoralar o'yini ijobiy ko'rinish olmoqda. Ammo raqibda buning tamomila aksi kuzatilmoqda. Gladbaxlik futbolchilar ikkinchi davrani juda ham muvaffaqiyatsiz boshladilar va kuchli uchlikdan sekin-asta sakkizinchi o'ringacha tushib kelishdi. Jamoa hozirda band etib turgan pog'ona ushbu jamoa uchun aslo yarashmaydi. SHuning uchun ham muxlislar ikkinchi Borussiyadan o'ziga xos kombek kutishmoqda, desak adashmaymiz. Qolaversa, ikki "Borussiya" nomli jamoalar to'qnashuvi har doim ham muxlislar diqqat-etibori markazida bo'lib kelgan. SHu jihatlarni inobatga olgan holda mazkur bahsni kuzatishni maslahat bera olamiz.
"Bavariya" - : - "Bayer"
Stadion : "Allianc-Arena"
Boshlanish vaqti: 15.03 (22:30)
"SA" taxmini: 60 % - 40%
Turning markaziy uchrashuvi Myunxen shahri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan nodir memoriy majmualardan biri sanaluvchi "Allianc-Arena"da bo'lib o'tadi. Uchrashuvda turnir jadvalining oldingi pog'onalarini egallab turgan ikki etakchi jamoalar to'qnash kelishadi. Ha, mazkur bellashuv ko'pchilik muxlislarda katta qiziqish uyg'otayotgani bor gap. Boisi bu ikki klub medallar uchun kurash olib borishmoqda va ko'rsatayotgan ajoyib o'yinlari orqali o'z muxlislarini xushnud etishmoqda. "Gollivud FK" navbatdagi titul uchun shaxdam qadam tashlab borayotgan bo'lsa, Sami Xyupiya boshchiligidagi "dorishunoslar" jamoasi muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishga urinmoqda. Yuksak maqsad yo'lida odimlayotgan ushbu ikki jamoa to'qnashuvida kimning qo'li baland kelishi hammamiz uchun qiziq, albatta. SHuni inobatga olib, barcha-barcha bundesliga ixloslmandlarini ushbu matchni tomosha qilishga chorlab qolamiz.
Mazkur turda bir qator natija va rekordlar yangilanishi mumkin:
Gvardiola Xaynkesni quvib o'tishi mumkin
Xosep Gvardiola "Bavariya" shturvaliga o'tirganidan buyon bundesliga uchrashuvlarida bir marta bo'lsa ham mag'lubiyatga uchragani yo'q. Hozirgacha ispaniyalik mutaxassis boshchligida myunxenliklar 24 o'yin o'tkazishdi va faqat ikki bor durrang o'ynashdi. Qolgan barcha bellashuvlar maksimal natija bilan yakunlangan. SHu boisdan ham Gvardiola ilk mavsumidayoq mag'lubiyatsiz seriyani 24taga etkaza olgan murabbiy sifatida Germaniya bundesligasi tarixiga kirdi. Biroq u bu borada ikkinchi bo'lib turibdi. Yani Pepdan avval Yupp Xaynkes mazkur natijani qayd etishga muvaffaq bo'lgan ekan. Xaynkes "Bayer" ustoziga aylangan ilk mavsumidayoq ketma-ket 24 uchrashuvni mag'lubiyatlarsiz o'tkazgan ekan. Lekin ispan murabbiyida bu natijani yanada yaxshilab olish va Xaynkesni ortda qoldirish imkoniyati mavjud. Buning uchun ushbu turda "Bayer" mag'lub etilishi kifoya. Ammo Gvardiola shogirdlari buni uddalay olisharmikan…
"Bavariya" – gol mashinasi?!
Myunxen super klubi so'nggi to'rt bellashuvda eng kami to'rttadan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu orqali jamoa yana bir yangi rekord sohibiga aylanishi mumkin. Gap shundaki, agar "Bavariya" bu safar ham uchtadan ortiq to'p kiritadigan bo'lsa, qatorasiga besh bellashuvda uchtadan ko'p gol kiritgan ilk nemisjamoasiga aylanadi. Germaniya chempionati doirasida hali hech bir klub ketma-ket besh uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozonmagan ekan. Ammo katta ehtimol bilan ushbu hodisa aynan 25-turda sodir bo'lishi mumkin.
Favr kutishda davom etadi
Lyusian Favr nemis tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda ancha mashhur bo'lgan murabbiylardan sanaladi. Ushbu murabbiy doim kuchli jamoalarda faoliyat ko'rsatib kelgan. Hozirda u ustzolik qilayotgan jamoa esa Favr uchun kutilmagan sovg'alar taqdim etmoqda. Tushunganingizdek, gap Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi haqida ketmoqda. Jamoa manna sakkiz uchrashuvdirki g'alaba qozona olgani yo'q. Bunaqasi Favr faoliyatida hali kuzatilmagandi. Ushbu holat bu turdan so'ng qanday ko'rinish oladi, bunisi hozircha nomalum…
"Frayburg" uchun yakshanba omadli emas
Bilasiz, bundesligada uchrashuvlar juma, shanba va yakshanbakunlari bo'lib o'tadi. "Frayburg" jamoasi joriy mavsumda yakshanba kuni o'tkazgan birorta uchrashuvida ham g'alaba qozona olmagan. Frayburgliklar faqat ikki bor durang o'ynashga muvaffaq bo'lishgan. Ko'ramiz, bu safargi o'yin qanday natija bilan yakunlanar ekan…
To'purarlar bahsi:
Taxmin qilganimizdek, deyarli har bir turda ushbu kichik bellashuv yo'lboshchisi nomi o'zgarmoqda. Levandovskining maydonga tusha olmaganidan unumli foydalangan Mandjukich to'purarlar bahsida etakchilikni qo'lga oldi. Ammo Ramos ham chakki o'ynamayapti. Ko'rib turganingizdek, bu raqobatda ham borgan sari shiddat oshmoqda. Kuzatamiz, bu turda voqealar qanday rivoj topar ekan…
Bugunga kelib musobaqa jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:
Guvohi bo'lganingizdek, 25-turda ham bir qator murosasiz bellashuvlar bo'lib o'tadi. Biz esa siz – aziz muxlislarga ushbu uchrashuvlarni kuzatishni maslahat beramiz. Zero, bundesligani tomosha qilish orqali yana bir bor Evrofutbol havosidan barxramand bo'lish imkoniga ega bo'lamiz. Keling, ushbu imkoniyatdan unumli foydalanamiz..!
Bundesligani ko'ring! Bundesligaga muxlislik qiling! Ketkazgan vaqtingizga aslo achinmaysiz!
Zoxirjon Akramxonov.

# |
O'yinchi |
Jamoa |
Gollar |
1 |
Mario Mandjukich |
Bavariya Myunxen |
16 |
2 |
Robert Levandovski |
Borussiya Dortmund |
15 |
3 |
Adrian Ramos |
GertaBerlin |
15 |
4 |
Pier-EmerikObameyang |
Borussiya Dortmund |
13 |
5 |
Roberto Firmino |
Xoffenxaym |
12 |
Bugunga kelib musobaqa jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:
# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
T-N |
Och |
1 |
Bavariya |
24 |
22 |
2 |
0 |
61 |
68 |
2 |
Borussiya D |
24 |
15 |
3 |
6 |
28 |
48 |
3 |
Bayer |
24 |
14 |
2 |
8 |
13 |
44 |
4 |
SHalke 04 |
24 |
13 |
5 |
6 |
11 |
44 |
5 |
Volfsburg |
24 |
12 |
3 |
9 |
3 |
39 |
6 |
Augsburg |
24 |
11 |
5 |
8 |
3 |
38 |
7 |
Maync 05 |
24 |
11 |
5 |
8 |
-3 |
38 |
8 |
Borussiya M |
24 |
10 |
6 |
8 |
10 |
36 |
9 |
Gerta Berlin |
24 |
10 |
6 |
8 |
7 |
36 |
10 |
Xoffenxaym |
24 |
7 |
8 |
9 |
0 |
29 |
11 |
Verder Bremen |
24 |
7 |
7 |
10 |
-18 |
28 |
12 |
Gannover |
24 |
7 |
5 |
12 |
-12 |
26 |
13 |
Frankfurt |
24 |
6 |
8 |
10 |
-13 |
26 |
14 |
Nyurnberg |
24 |
4 |
11 |
9 |
-15 |
23 |
15 |
SHtutgart |
24 |
5 |
5 |
14 |
-13 |
20 |
16 |
Gamburg |
24 |
5 |
5 |
14 |
-14 |
20 |
17 |
Frayburg |
24 |
4 |
7 |
13 |
-23 |
19 |
18 |
Ayntraxt B |
24 |
4 |
5 |
15 |
-25 |

Fikrlar