Bunday holat ECHL 1/8 final bosqichida faqat ikki marta sodir bo'ldi
20 fev 2019 09:10
Yangiliklar
Bunday holat ECHL 1/8 final bosqichida faqat ikki marta sodir bo'ldi
Kecha ECHLning 1/8 finali doirasida yana 2 ta bellashuv bo'lib o'tdi.
Xususan, “Liverpul” o'z uyida “Bavariya” bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, “Barselona” safarda xuddi shu hisobni “Lion” bilan qayd etdi. Bir o'yin kunida 2 ta nursiz durang qayd etilishi, ECHL 1/8 finalida atigi 2 marta sodir bo'ldi.
Birinchi marta shunday holat 2016 yil 15 martda bo'lgandi. O'shanda “Atletiko M”—“PSV Eyndxoven”, “Manchester Siti”—“Dinamo Kiev” bahslarida ham 0:0 hisobi bilan yakunlangandi.
Fikrlar