So’nggi yangiliklar

16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  1 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  4 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  9 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  15 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0

"Bunday holat bo'lganidan ko'ra vaqtida xayrlashgan yaxshi". Glishich nima uchun "Dinamo"dan ketdi? Yangiliklar

"Bunday holat bo'lganidan ko'ra vaqtida xayrlashgan yaxshi". Glishich nima uchun "Dinamo"dan ketdi?

Qishki transferlar vaqtida Samarqandning "Dinamo" jamoasiga bosniyalik legioner Aleksandr Glishich kelib qo'shilgan edi.

Lekin yaqinda birinchi davra tugamasidanoq futbolchi va klub o'rtasida kelishuv bekor qilindi. Xo'sh, uning jamoani erta tark etishi nima bilan bog'liq? Championat.asia muxbiri Abdulaziz Iskandarov shu va boshqa savollar yuzasidan Glishich bilan bog'landi. 

- Aleksandr ochig'i hali mavsum o'rtasiga kelmasdan jamoa bilan xayrlashishga qaror qildingiz. Ochig'i ushbu holat ko'pchilikni o'ylantirib qo'ydi...

- Ha, biz shartnomani o'zaro kelishgan holda bekor qildik. Balki buni hech kim kutmagandir. Ammo futbolda bo'lib turadigan holat sifatida qabul qilish mumkin. Yakunda shunday yo'lni tanlashni lozim topdik.

- Klub, murabbiy yoki rahbariyat bilan bog'liq ichki muammolar bor edimi?

- SHaxsan menda hech qanday muammo bo'lmaganini ayta olaman. SHunchaki boshidan jamoaga ko'nika olmadim. Bunday holat bo'lganidan ko'ra, xayrlashgan afzalroq.

- Jamoa mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandi. Lekin natijalar yaxshi emas. Legioner sifatida buni qanday izohlaysiz?

- "Dinamo" juda katta va ajoyib muxlislarga ega jamoa ekanligiga guvoh bo'ldim. Ular turnir jadvalida yuqori o'rinlarni egallashga munosibdir. Umid qilamanki, jamoa mavsumni yaxshi yakunlaydi. Futbolchilarning salohiyati yuqori. 

- Balki futbolchilar ruhiy "chuqurlik"dan chiqa olmayotgandir...

- Qaysidir manoda to'g'ri. Lekin futbolda mag'lubiyatlar bor narsa. Muhimi o'rindan qayta tura olish.

-  "Dinamo"da kutilganidek o'ynay olmadingiz...

- Albatta o'z o'yinimdan qoniqmadim.  CHunki ko'prog'iga qodirman. Afsusdaman. Lekin bu -  futbol.  Nima ham derdim. Jamoadan yaxshi xotiralar qoldi.  Yomon kunlarni esa tezroq unutaman, deb o'ylayman.  

- Keyingi rejalaringiz qanday?

- Hozirda oilam davrasida bo'lmoqchiman.  Ikki kun oldin qiz farzandlik bo'ldim. Individual shug'ullanishda davom etaman.  Yozda takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman. Kelajakda yana O'zbekistonda ko'rishishimizga ishonaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика