So’nggi yangiliklar

18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  1 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  9 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

“Bunday “Bavariya”ga ko'nikolmayman Yangiliklar

“Bunday “Bavariya”ga ko'nikolmayman

“Bavariya” posboni Manuel Noyer jamoa bilan shartomasini uzaytirish jarayoni haqida gapirdi.

“Men jamoa bilan bungacha olib borgan barcha muzokaralarim ochiq va samimiy kechgan. Hech bir jihat chetda qolmagan. Ammo hozirda OAVda men bilan bog'liq bir qator masalalar muhokama qilinmoqdaki, bularning aksariyati yolg'ondan iborat. Bu meni asabimga tegmoqda. Men bunday “Bavariya”ga o'rganmanganman.

Men formada ekanman, ko'proq maydonga tushishni istayman. Eng muhimi menga bo'lgan ishonch. Menga klub tomonidan besh yillik shartnoma taklif qilinayotgani bu xomxayol. Hozir 34 yoshdaman. 39 yoshda qanday holatda bo'lishimni bilmayman. SHu sabab OAVlarda bu haqda tarqatilayotgan xabarlarda hech qanday mantiq yo'q.

Men uchun doimo klub rahbariyati va ishchi xodimlarining ishonchi birinchi o'rin bo'lib kelgan. Men ham darvozabon va jamoa sardori sifatida klubga sodiqman”, deya Noyerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Bild nashri.

Noyerning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. Joriy mavsumda futbolchi “Bavariya” safida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 38 ta to'p o'tkazib yuborgan. 15 ta uchrashuvda esa o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика