So’nggi yangiliklar

23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15

Bum! Maxaradze "Lokomotiv"da yolg'izmidi? Bu tizim aslida qanday ishlaydi va unda bir jamoadan necha o'yinchi qatnashadi?! "Kelishilgan o'yinlar qiroli" javob berdi Yangiliklar

Bum! Maxaradze "Lokomotiv"da yolg'izmidi? Bu tizim aslida qanday ishlaydi va unda bir jamoadan necha o'yinchi qatnashadi?! "Kelishilgan o'yinlar qiroli" javob berdi

Yaqindagina mamlakatimizda kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq katta mashmasha ko'tarildi.

Yakunda O'FA Etika qo'mitasi "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze va yana bir futbolchi Evgeniy Kochnevlarni jiddiy jazoladi. O'FAning to'liq bayonotini quyidagi linkda o'qib olishingiz mumkin >>>

Maxaradze 5 yilga futboldan chetlatildi — Etika qo'mitasi qarori

Ana shu mavzu ko'tarilgan paytda "Championat.asia" saytining ikki vakili Gayrat Xasbiullin hamda kamina Tolibjon Qosimov Vengriya poytaxti Budapeshtda bo'lib turgandik. Bundan maqsad O'zbekiston va Vengriya U-18 terma jamoalari o'rtasidagi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini yoritish edi. Taqdirni qarangki, safarimiz kutilmaganda ancha barakali ko'rinish oldi. U erda Vengriyaning jahonga mashhur Pushkash akademiyasi direktori bilan tanishdik, u esa bizni akademiyaga taklif qildi. Keyinroq, ajoyib akademiyaga safarimizga bag'ishlangan katta maqolani ham o'qishingiz mumkin. Va bu hammasi emas. Biz Budapeshtdaligimizda Toshkentda kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq Tezkor studiya bo'ldi va unda men ham Vengriyadan turib aloqaga chiqdim. Budapesht ko'chalaridagi kafelardan birida tushlik qilib o'tirarkanmiz, hamrohim Gayrat aka Perumal aynan Vengriyada yashayotgani haqida aytib qoldi. O'zining "Kelishilgan o'yinlar qiroli" nomli kitobi va bir paytlar "CNN" telekanaliga bergan shov-shuvli intervyusi bilan mashhur bo'lib ketgan bu inson 2 yildan beri Vengriyaning Debrecen shahrida yashab kelayotgan va mana shu davr ichida umuman omma nazariga tushmagandi. Yani, jimgina hayot kechirib kelayotgandi. Hech qanday intervyu va chiqishlar yo'q.

Biz esa ana shu jimlik qariga g'arq bo'lgan Uilson Raj Perumalni topish va undan intervyu olishni o'ylab qoldik. Bularning barchasi kutilmaganda va juda tez ro'y berdi. Bunday inson bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqish tugul, uni qidirib topishni o'zi oson ish emas. Ammo, biz shunchaki taslim bo'lishni istamasdik. Sababi, biz u yashayotgan shahardan bor yo'g'i bir necha soatlik yo'l uzoqda edik. Budapeshtdan quruq qo'l bilan qaytish alam qilardi. Xullas, rus va italiyalik tanishlarga chiqib janob Perumalni izlashga tushdik. Natija uzoq kuttirmadi. Ertasi kuni tongda biz u bilan to'g'ridan-to'g'ri telefon orqali suhbatlashdik. SHu tariqa, biz Debrecenga boradigan bo'ldik. Debrecen Vengriya sharqida joylashgan va aholisi soni bo'yicha Budapeshtdan keyingi ikkinchi shahar hisoblanadi. Poytaxtdan u ergacha poezdda 3 soatlik yo'l.

U ayni paytda 18 noyabrga qadar uy qamog'ida bo'lgani bois, biz to'g'ri u yashayotgan uyga bordik va o'sha erda suhbat qurdik. Uning uyidagi ikkita it (kuchuk)ni hisobga olmasa hammasi yaxshi o'tdi)

Perumal bilan bunday noyob va eksklyuziv intervyu qilishimizda asosiy ishni Gayrat Xasbiullin hamda Jalolxon Inog'omxo'jaev (bu xodimimiz muzokaralarning muhim pallasini olib bordi va intervyuni inglizchadan to'liq tarjima qilishda jonbozlik ko'rsatdi).

Quyida ana shu intervyuning Maxaradze ishi bilan bog'liq joylarini o'qishingiz mumkin.


- Salom, janob Perumal. Bizning bu erga kelishimizga asosiy sabab yaqinda o'zbek futbolida g'alati voqea sodir bo'ldi. Biz yaqinda bir anonim xat oldik. Bu xat klublarga, OAVlarga va yana bir qancha futbol sohasidagi insonlarga jo'natildi. Xatda "Lokomotiv" klubi sardori Kaxi Maxaradzening kelishilgan o'yinlarda qatnashgani iddao qilingan. Xatni sizga ko'rsatishim ham mumkin (shu tariqa, janob Perumal butun xatni o'qib chiqdi). U bu xatni juda ko'pchilikka jo'natgan. Eng qizig'i shundaki, bir necha kundan so'ng, ushbu holatlar ommaga oshkor bo'lganidan so'ng u yana bir xat yozib bu shunchaki hazil bo'lganini va yuborilgan dalillar shunchaki sohta ekanini aytdi. Ushbu vaziyat haqida nima deya olasiz? Nega u bu xatni hammaga jo'natgan? Nega bir necha kundan so'ng bu shunchaki hazil bo'lganini aytmoqda?

- Tushunarli. Men ushbu vaziyat haqidagi umumiy fikrimni aytishim mumkin. Katta ehtimol bilan, kimdir o'zi olishi kerak bo'lgan pulni ololmagan. O'sha inson o'ziga tegishli bo'lgan pulni ololmagani uchun ushbu doiradagi barchani adabini bermoqchi bo'lgan. Taxminimcha, bu xabar agar meni pulimni bermasangiz, keyingi qadam bundanda og'riqli bo'ladi degan ishora bo'lgan. O'sha inson jazavaga tushgan payt yuqoridagi ishni qilgan. SHundan so'ng unga kerakli bo'lgan barcha insonlar qaytib unga murojaat qilishgan. Xatni yozgan shaxs mavjud. U oddiy muxlis emas. Oddiy muxlisda esa bu kabi malumotlar bo'lmaydi. Katta ehtimol bilan bu shaxs kelishilgan o'yinlardagi katta o'yinchi hisoblanadi. Ammo u o'z ulushini olmagan. Kimdir esa uni chuv tushirishga, qo'pol qilib aytganda "chopish"ga uringan. SHundan so'ng u barchaga qarshi shu ishni qilgan.

- Bu insonni kim deb o'ylaysiz? O'rtakashmi? Yoki jamoadagi boshqa bir insonmi?

- Ehtimol, o'rtakash bo'lsa kerak. Yana bir variant bor. Xatni yozgan inson ushbu tizimda barchani bog'lab turuvchi uchinchi shaxs bo'lishi mumkin. Boshqalar esa uni o'yindan chiqarib tashlashmoqchi bo'lgan. U esa jazavaga tushgan va sizga yaqoridagi narsani jo'natgan. Misol bilan tushuntirib beraman: Meni bog'lovchi shaxs deb olaylik. Men seni (futbolchi) va pul tikuvchilarni o'zaro bog'lab turaman. Futbolchi esa pul tikuvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lana oldi va meni o'yindan chiqarib tashlashdi. Men esa o'z ulushimni olganim yo'q. Tushuntira oldimmi? O'sha shaxs bunga qadar bu ishlarda aktiv qatnashib kelgan, shundan so'ng esa uni chetga chiqarib qo'yishgan. U esa "Ha, haromilar meni qo'limdan hech narsa kelmaydi deb o'ylaysanlarmi", - degan manoda ushbu ishni qilgan. Hozir esa o'sha ikki tomon (futbolchilar va pul tikuvchilar) bu shaxsga qaytadan aloqaga chiqishgan va "Hoy, o'zingni bosib ol. Biz senga kerakli pulingni beramiz. Futbolchilarni faoliyatini barbod qilma. To'xtat bu ishlarni", - deyishgan. To'g'ri, bunday deyishga ancha kech. Ammo bu shaxs anonim bo'lganligi sabab undan hali ham qo'rqishmoqda. Yani bu inson nafaqat bizga, balki yuqoridagi ikki tomonga ham nomalum shaxs bo'lishi mumkin. Bu esa unga katta ustunlik beradi. Aynan mana shu scenariy mantiqiyroq hisoblanadi. Oxirida esa u o'z ulushini, umuman olganda o'ziga kerakli bo'lgan narsani olgan va shundan so'ng bularning barchasi hazil edi deb qo'ygan, tamom.

- U bizni federaciyadagilar yoki tegishli organlardagilarni bunga ishonadigan ahmoq deb o'ylaganmi?

- Men policiyachi emasman va bu inson haqiqatdan ham borligini isbotlab berolmayman. Ammo mantiqiy nuqtai nazardan qarasak, barchasi uning mavjudligini ko'rsatib turibdi. Agar kimdir kelishilgan o'yinlar mavzusida surishtiruv o'tkazayotgan bo'lsa, ular Betradar yoki FederBet kabi tashkilotlardan o'yin borasidagi barcha malumotlarni olishlari mumkin. Betradar va FederBet dan tikilgan barcha pullar haqida malumotlar va treking axborotlarini olishlari mumkin. Agarda O'FA ular bilan kelishuvga erishgan bo'lsa. Betradar kabi tashkilotlar federaciyalar ularga pul to'layotgani uchun mavjudlar. Ular ham aynan o'yin kelishilganmi yo'qmi shuni aniqlay olishadi. Aynan kim bunda ishtirok etayotganini esa bilish qiyin masala.

- SHu kabi holatlarni amalga oshirish uchun jamoadan necha kishi ishtirok etishi kerak? 

- Eng kamida besh kishi. Bu albatta siz qanday jarayonni uyushtirayotganingizga bog'liq. Qiyinroq darajadagi "stavka" bo'lsa, u holda bunga ko'proq o'yinchi jalb etiladi. Bazi hollarda uch-to'rt o'yinchi ham etarli bo'lishi mumkin.


- Bilasizmi, yuqorida biz sizga aytgan keysda o'yinchi qizil kartochka olish uchun o'ynagan. Yani bu holatda birgina o'yinchi ham etarli bo'ladimi?

- Yana bir narsa, deylik men kelishilayotgan o'yin uchun 100 ming dollar tikayotgan bo'lsam, men birgina o'yinchi bilan qanoatlanmayman. Hozirgi kunda pul tikayotganlar bu jarayonda kamida beshta o'yinchi bo'lishini xohlashadi. Ular o'z pullari xavfsizligiga ishonch hosil qilishlari uchun eng kamida besh nafar o'yinchi uchrashuvni soxtalashtirishda ishlashi kerak.

- Ammo bu jarayon qanday kechadi? Deylik siz faqat bir futbolchi bilan gaplashasiz. U "ha, meni to'rt nafar jamoadoshim bor, ular rozi", - deydi. Ammo bu ishonish uchun kamlik qiladi-ku?

- O'rtadagi kishi hamma yigitlarni ko'rishi kerakligini aytadi. Deylik, men pul tikuvchi bo'lsam, men barcha futbolchilarni bilishim kerak. O'rtada juda yaqin munosabat bo'lsagina, men ularga ishonishim mumkin.

- Ha, demak barchani ko'rishingiz kerak bo'ladi. Hozirgi kunda barchada WhatsApp, Zoom kabi ilovalar bor...

- Zoom ham shart emas. Deylik o'rtakash o'sha futbolchilar bilan restoranga ovqatlangani boradi. Men yoki mening odamim esa pul tikuvchi sifatida keyingi stolda o'tiradi. Anovi o'rtadagi inson keladi va yigitlarga tushuntiradi: "Mana bu kuni o'yin, mana bu ishni qilishingiz kerak va hokazo". Barcha futbolchilar u erda nima bo'layotganini, nima bo'lishi kerakligini ongli ravishda anglab turishadi.

- So'zlaringizdan shuni tushunyapmizki, O'zbekistonda ham shunday insonlar bor. Yani ular ikki o'rtada turib bu ishlarni hal qilishadi.

- Bo'lishi mumkin. Bilasizmi, o'zbek inson bilan bu masalani muhokama qilish uchun siz rus yoki o'zbek tilini bilishingiz talab qilinadi. Pul tikuvchi chet ellik bo'lishi mumkin. Masalan, xitoylik yoki yana boshqa joydan. Ammo o'rtakash mahalliy kishi bo'lishi ehtimoli katta. Bu mantiqan olib qaraganda ham to'g'ri.

- "Lokomotiv" sardori bilan bo'lgan vaziyatga yana qaytmoqchiman. Deylik uni ushlashdi va aybini bo'yniga qo'yishdi. O'yinchi orqali bu ishning boshida turgan insonni topsa bo'ladimi?

- O'sha o'yinchi rasman qamoqqa olindimi?

- Yo'q, hozirda surishtiruv ishlari ketmoqda... (suhbat uyushtirilgan paytda hali O'FA Etika qo'mitasi qarori chiqmagan edi)

- Suratdagi ikkinchi insonni taniysizlarmi?

- Yo'q, bizningcha u o'zbekistonlik emas.

- Suratdan u evropalikka o'xshamoqda. Uning yoshi ham katta ekan. Hozirgi kunda juda ko'p makedoniyaliklar, serblar, ruslar kelishilgan o'yinlarda ishtirok etishmoqda. Umuman olganda suratdagi inson kim ekanligini aytib bo'lmaydi. Bu suratni tarqatib yuborgan insonni o'z ulushini olmagan o'rtakash deb taxmin qilishimiz mumkin, xolos. Bunday ishlarda nimadir noto'g'ri ketgan bo'lsagina bunday xabarlar sizib chiqadi. Yuqorida takidlaganimdek, bu o'z pulini ololmagan yoki o'yindan chiqarib tashlangan inson bo'lishi mumkin. Agar O'zbekiston futbol Associaciyasi bu ishni tagiga etmoqchi bo'lishsa, ular Betradar yoki Fedabet kabi tashkilotlarga murojaat qilib bu o'yinda g'ayritabiiy pul tikish holatlari bo'lganmi, yo'qmi aniqlashlari lozim. Agar o'sha o'yinlarda rostdan ham g'ayritabiiy pul tikish holati bo'lgan bo'lsa bu o'yin aniq kelishilganini anglatadi. Bu esa yuqoridagi xatni jo'natgan shaxs rost gapirayotganini anglatadi. O'zim umuman O'zbekistonda o'yinchilarning o'rtacha maoshi qanday?


- "Lokomotiv" keysida nazar solsak, o'sha yozishmalarda biz sakkizinchi daqiqada ishni boshladik deb yozilgan. Maxaradze esa 2-bo'limning sakkizinchi daqiqasida qizil kartochka olgan.

- Bu juda aniq malumotku. Biroq uni jo'natgan insonning shaxsi nomalum. Hisob qanday bo'lgan o'sha o'yinda?

- 0:1, "Lokomotiv" mag'lub bo'lgan.

- Faqatgina bitta golmi? Bilasizmi, men bet365 bukmeykerini ishlataman va men hech qachon bu ilovada o'zbek klublarini ko'rmaganman. Yuqoridagi Crown'da esa O'zbekiston chempionati bor. Turkiya va yana boshqa chempionatlar bu ilovada yo'q. Qizil kartochkaga rasmiy bukmeykerlarda pul tikishning iloji yo'q. Balki ular Xitoyda bu ishni qilishgandir. Yana bilmadim, sababi men hech qachon o'zbek futboliga aralashmaganman.


P.S. Raj Perumal bilan suhbatning to'liq qismi payshanba, 22 sentyabr kuni etiboringizga havola etiladi. "Championat.asia"ni kuzatishda davom eting.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика