So’nggi yangiliklar

16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  11 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  5 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  5 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  2 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  10 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  13

Bugun mavsum-2006 to'purari Pavel Solomin 37 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bugun mavsum-2006 to'purari Pavel Solomin 37 yoshga to'ldi

Tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol olami vakillarini tabriklashda davom etamiz.

Bugun tajribali hujumchilarimizdan biri, mamlakatimiz jamoalaridan tashqari, xorij klublarida ham legioner maqomida to'p tepish baxtiga muyassar bo'lgan Pavel Solomin oilasi davrasida tug'ilgan kunini nishonlayapti. 1982 yilning 15 iyun kuni dunyoga kelgan Pasha futbol bilan professional darajada shug'ullanishni Toshkentning "Traktor" klubida boshlagan. Uning etuk futbolchi bo'lib etishishida tajribali mutaxassis Vadim Abramovning xizmati beqiyos. Aynan Vadim Karlenovich uni ko'cha futbolida professional futbolga olib kelgan. 2003 yilda u "Traktor" klubida O'zbekiston oliy ligasidagi debyutini nishonlagan. 2005 yilda "Paxtakor" sharafini himoya qildi.   

Pavel Solomin faoliyatidagi eng yorqin mavsum sifatida 2006 yilni aytish o'rinli bo'ladi. U o'sha yili 21 ta gol bilan O'zbekiston chempionati oliy ligasi to'purariga aylangan. Mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazgan Solominni o'z safida ko'rish istagini bildirgan klublar soni etarlicha edi. Solomin bu takliflar orasida Rossiyaning "Saturn" klubini tanladi va 2007 yilgi mavsumni Ramenskoeda boshladi. Keyin yana O'zbekistonga qaytdi va "Navbahor", "Lokomotiv" klublari safida o'ynadi. 

Solomin 2010-2012 yillarda Indoneziya chempionatida - "Putra" jamoasi tarkibida to'p tepdi. SHundan so'ng u yana O'zbekistonga qaytdi. Faoliyatining so'nggi yillarida "SHo'rtan", "Mashal" (Muborak), "Obod" (Toshkent) jamoalari sharafini himoya qildi. 

Bugungi kun qahramoni 2006 yilgi mavsum goleadorligi sabab O'zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi. U mamlakat bosh jamoasi libosida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi. Solomin 2007 yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etdi. 

Vadim Abramov, "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi

"Solominni bolaligidan bilaman. Juda tirishqoq yigitcha edi. Ko'chada to'p tepib yurgan paytida ko'rib qolib, "Traktor"ga olib kelganman. Istedodi o'sha paytdayoq ko'zga tashlangandi. Xuddi kechagidek esimda. Faoliyatini boshlagan "Traktor" klubida O'zbekiston chempionati to'purari bo'ldi. Pasha singari taran hujumchilar juda kam. Fursatdan foydalanib, unga sog'liq-salomatlik tilayman. Undan yaxshi murabbiy chiqishiga ishonaman. Hamma gap uning o'zida qolgan".

Fursatdan foydalanib, biz ham saytimiz ijodkorlari hamda o'quvchilar nomidan bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Pavel Solominni muborakbod etamiz.  

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика