So’nggi yangiliklar

22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  4 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  1 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  5 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  4 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  3 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  17 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  43 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  2

Bugun Madrid ikkiga bo'linadi yoxud "Atletiko" - "Real" o'yini oldidan prevyu Yangiliklar

Bugun Madrid ikkiga bo'linadi yoxud "Atletiko" - "Real" o'yini oldidan prevyu

Bugun mavsumdagi ilk Madrid derbisiga guvoh bo'lamiz!

"El Klasiko"dan ham qolishmaydigan qaynoq va principial to'qnashuvlarni sog'indingizmi? Marhamat, La Liganing 6-turidayoq derbidan bahramand bo'ling.

Ushbu o'yin har ikki jamoa uchun muhim ahamiyatga ega. Bu shunchaki 7-tur o'yini emas, balki Madriddagi eng katta qarama-qarshilikdir. Hamshaharlaridan 1 ochko ortda borayotgan Simeone va uning jamoasi bugun uydagi bahsda g'alaba qozonishga urinib ko'radi. Zidan jamoasi ham musobaqadagi o'rnini mustahkamlash uchun "tish-tirnog'i" bilan kurashadi.


Atletico Madrid

LaLiga . 7-tur

29/09/2019, 00:00

0
:
0
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 67942 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Luis Gonzalez

45'
90'
46'  Vitolo (Angel Correa)
61'  Renan Lodi (Thomas Lemar)
70'  Joao Felix (Marcos Llorente)
90'  Thomas Partey
22'  Nacho Fernandez
68'  Federico Valverde (Luka Modric)
69'  Raphael Varane
77'  Eden Hazard (James Rodriguez)
88'  Karim Benzema (Luka Jovic)



Jamoalarning hozirgi holati qanday?

"Atletiko"

"Atletiko" mavsum startini omadsiz boshladi deb bo'lmaydi. Jamoa bu mavsumda 7ta o'yin o'tkazdi va ulardan bittasida mag'lub bo'ldi. La Liga 4-tur doirasida "Real Sosedad" maydoniga safar uyushtirgan Simeone jamoasi mezbonlardan qattiq tarsaki eyishdi va jamoaning g'alabali seriya shu bilan yakun topgan edi. CHempionlar Ligasida esa "Atletiko" "Vanda Metropolitano"da 0:2 hisobida yutqaza turib, yakunda turinliklarni ortga 1 ochko bilan qaytishga majbur qilishdi. "Matraschilar" La Liga doirasida 4ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etishgan.

"Real"

Zidan jamoasi hozirda La Ligada peshqadam bo'lib turibdi. "Qaymoqranglilar" hamshaharlaridan bir ochko oldinda borishmoqda. "Real" chempionatda hali yutqazmagan ikki klubdan biridir. "Qirollik klubi" 6ta o'yindan 4tasini o'z foydalariga hal qilishgan. Klub CHLda PSJdan javobsiz 3ta gol qabul qilib oldi, ammo xalqaro maydonda vaziyatni o'nglab olish uchun vaqt etarli.



Feliks yoki Azar?

Ikki klub ham yozgi transferlar oynasida yirik transferlarga qo'l urishdi. Gap 100 million evrodan qimmatroq transferlar haqida ketmoqda.

Feliks - 126 million evro ("Benfika"dan). Feliks tezda jamoaga kirishib ketdi va har o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Portugaliyalik yosh futbolchi mavsumoldi yig'inni ajoyib tarzda o'tkazdi, ammo tabiiy ravishda La Liganing starti u uchun oson boshlangani yo'q. Ammo, Feliksning iqtidoriga shubha qilmagan holda aytish mumkinki, u hali jamoaga yanada moslashishi, La Ligani to'liqroq his qilishi va o'rganishi kerak.

Azar - 100 million evro ("CHelsi"dan). Belgiyalik futbolchi nisbatan kam o'ynamoqda. Sababi - jarohat. Zidan boshida o'zining o'yin uslubini Azar atrofida qurishni maqsad qilgan edi. Ammo, aynan jarohat uning rejalarini birmuncha kechiktirmoqda. Edenning o'yini yomon chiqmayapti, ammo u ham Joauga o'xshab tezroq jamoa o'yiniga moslashishi kerak.

Har ikkala futbolchi bugungi o'yinda o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishadi.


Yo'qotishlar

"Atletiko"

Maydon egalariga ushbu bahsda oldingi o'yinda maydondan chetlatilgan Alvaro Morata yordam bera olmaydi. SHuningdek, anchadan buyon jarohati tufayli maydonga tusha olmayotgan SHime Vrsalko bugun ham o'yinni maydon tashqarisidan kuzatishga majbur. "Atletiko"da o'z o'rnini topib ulgurmagan Borxa Garses ham jarohati tufayli maydonga tusha olmaydiganlar ro'yxatida. Sonidan olgan engil jarohati tufayli "Malorka"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan Toma Lemar allaqachon mashg'ulotlarga kirishgan va Simeone uni qaydnomaga ham qo'shib qo'ydi. Ammo, uning o'yinni dastlabki daqiqalardanoq boshlashi so'roq ostida.

"Real"

"Real" tarkibida esa bugungi o'yinni Marko Asensio tizzasidan olgan jarohati tufayli o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Ferlan Mendi, Isko va Marselolar ham bugungi o'yin o'tkazib yuborishadi. Yaqindagina mashg'ulotlarga qaytgan Luka Modrichni franciyalik mutaxassis qaydnomaga kiritgan.



Jamoalarning bundan oldingi o'yinlari

"Atletiko" va "Real" o'rtasidagi so'nggi bahs yodingizdami? Yozda jamoalar Xalqaro chempionlar kubogi doirasida to'qnash kelishgandi. O'sha o'yinda "matraschilar" hamshaharlarini chin manoda sharmanda qilishgan. Diego Kostaning benefisiga aylangan o'yinda "Atletiko" "Real"ni 7:3 hisobida taslim etgan edi. To'g'ri, bu o'yin o'rtoqlik maqomiga ega bo'lgandir. Ammo, bunday qarama-qarshiliklarda muxlislar o'z qahramonlaridan faqat g'alaba kutishadi.

"Real" – "Atletiko" - 3:7 

Gollar: Nacho, 59, Benzema, 85 (penaltidan), Xavi, 89 – Kosta, 1, 28, 45, 51, Feliks, 8, Korrea, 19, Vitolo, 70. 

"Real": Kurtua (Navas, 46), Odriosola (Karvaxal, 46), Ramos (Sanches, 62), Nacho, Marselo (Beyl, 62) – Modrich (Kubo, 62), Kroos, Isko (Rodrigo, 62), Vinisius (Lukas Vaskes, 46), Yovich (Benzema, 30), Azar (De La Fuente, 62).

 "Atletiko": Oblak, Tripper (Munos, 66), Savich (Felipe, 66), Ermoso (Montero, 66), Lodi (Sanches, 66), Feliks (Vitolo, 66), Saul (Errera, 66), Koke (Lorente, 66), Lemar (Sanabriya, 66), Kosta, Morata (Korrea, 13). 

Ogohlantirishlar: Isko, Nacho – Saul. CHetlatishlar: Karvaxal, 65 – Kosta, 65.


Jamoalarning oxirgi 5ta o'yinlari natijasi:

"Real" - "Atletiko" 3:7

"Atletiko" - "Real" 1:3

"Real" - "Atletiko" 0:0

"Real" - "Atletiko" 2:4

"Real" - "Atletiko" 1:1



La Liga jadvali (yuqori 10talik)


Qiziqarli malumotlar

- "Real" oxirgi 3ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi.

- "Atletiko" uyida o'tgan oxirgi 10ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi.

- "Real" har bir o'yinda o'rtacha zarba berish ligada etakchi - 17,2.


Taxminiy tarkiblar

"Atletiko": Yan Oblak, Renan Lodi, Xose Mariya Ximenes, Stefan Savich, Kiran Tripper, Tomas Parti, Saul, Vitolo, Koke, Diego Kosta, Joau Feliks.

"Real": Tibo Kurtua, Nacho Fernandes, Rafael Varan, Serxio Ramos, Daniel Karvaxal, Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich, Eden Azar, Garet Beyl, Karim Benzema.


O'yin saytimiz tomonidan matnli translyaciya qilinadi. SHunday ekan, bizdan uzoqlashmang.

Muallif : Alisher
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика