So’nggi yangiliklar

13:59"Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги рақиблари аниқланмоқда  0 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  1 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  0 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  22 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  3 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3

Bugun London derbisi yoki Angliya "lagani" uchun bahs Yangiliklar

Bugun London derbisi yoki Angliya "lagani" uchun bahs

Teglar :  Angliya Superkubogi
Bugun Angliyada futbol mavsumiga start beriladi.

Mavsum Angliya Superkubogi yoki inglizlar sevib aytadigan "FA Community Shield" bahsi bilan boshlanadi. Bu safar mavsumdagi ilk sovrin uchun ikki London klubi - "Arsenal" va "CHelsi" kurash olib boradi. Ularning biri Angliya Premer-ligasida g'olib bo'lgan bo'lsa, ikkinchisi esa mamlakat Kubogida zafar quchdi.

Laganga o'xshash sovrin uchun o'yin 1908 yildan beri o'tkazib kelinadi. Musobaqaning ilk g'olibi "Manchester Yunayted" bo'lgan. "Turnirning amaldagi g'olibi ham "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Ular 2016/17 mavsum oldidan Angliya Kubogi g'olibi sifatida ushbu musobaqada ishtirok etib, "Lester Siti"ni 2:1 hisobida taslim etishgan.

Ushbu "laganlar"ning eng ko'pi ham aynan "Manchester Yunayted" muzeyida. "Qizil iblislar" ushbu sovrinni 21 marotaba boshlari uzra baland ko'tarishgan.



 Bu yil ushbu sovrinni London jamoasi yutadi deyish mumkin. CHunki "Arsenal" va "CHelsi" London jamoalari hisoblanadi. Ushbu ikki klub 191 marotaba o'zaro bahs o'tkazishadi. Statistika "to'pchilar" tomonida. Ular hisobida 74 ta g'alaba mavjud, duranglar soni esa 54 ta, qolgan 62 ta o'yinda "aristokrat"larning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati bo'yicha ham "Arsenal" ustun (266-249).

"Arsenal" hozirgacha 21 marotaba ushbu sovrin uchun kurashgan bo'lsa, ular 14 marotaba sovringa ega chiqishgan. So'nggi marotaba bu 2015 yilda sodir bo'lgan.

"CHelsi"ning ko'rsatkichlari esa kamtarona. 11 ta finalning 7 tasi qo'ldan boy berilgan. So'nggi muvaffaqiyat 2009 yilda amalga oshgan.

London klublari ushbu uchrashuvdan tushgan pulni Kensington tumanidagi yong'inda jabrlanganlarga berishga qaror qilishdi. Ushbu yong'in 79 kishini bu dunyodan olib ketdi. Taxminlarga ko'ra, "Uembli" uchrashuvi 1,25 mln. funt daromad olib kelishi kerak.


Taxminiy tarkiblar

"Arsenal": CHex, Xolding, Koselni, Monreal, Oksleyd-CHemberlen, Remsi, Jaka, Kolashinac, Uolkott, Ozil, Lyakazett.

"CHelsi": Kurtua, Aspilikueta, David Luis, Kexill, Mozes, Fabregas, Kante, Alonso, Villian, Pedro, Morata.


O'yindan olidingi fikrlar

Arsen Venger ("Arsenal"): Superkubok biz uchun - Angliya Kubogi finalini takrorlash va o'yin amaliyotiga muhtoj bo'lganlarga uni berish imkoniyati. Ozil to'liq kuch bilan shug'ullanmadi, ammo hammasi joyida bo'ladi. Koklenda jarohat bor, Sanches va Mustafi esa yaqinda klub tasarrufiga qaytishdi, ular haqida bir narsa deya olmayman.


Antonio Konte ("CHelsi"): Azar va Bakayoko jismoniy formani tiklashda o'sishga erishishmoqda, ammo ular mavsum boshiga tayyor emaslar. Eden va Bakayoko operaciya qilingan. Oyoqqa turish uchun esa vaqt kerak.

Angliya Kubogi finalida "Arsenal"ga yutqazish alamli bo'ldi. Endi bizda yana bir imkoniyat bor va "Arenal" kuchli jamoa ekanligini bilamiz. Mavsumni g'alaba bilan boshlamoqchimiz.

O'rtoqlik uchrashuvlari biz uchun yakunlandi. Bu rasmiy bahs va mavsumdagi ilk sovrin uchun o'yin.

"CHelsi" va "Arsenal" yaxshi formada emas, chunki mavsumni endi boshlayapmiz. Ammo uchrashuvni yuqori tezlikda o'tkazib, mavsumga tayyorlanib olmoqchimiz.

Asosiy tarkib borasida qaror qabul qilishim uchun menda yana bir kun bor.



6 avgust

Angliya Superkubogi uchun bahs

"Arsenal" - "CHelsi"

Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:00 (Toshkent).

"Uembli" stadioni.

Bahsni 0,06 $ (6 cent) evaziga TAS-IX hududida tomosha qilish mumkin. SHunchaki Aleziya.com saytida ro'yxatdan o'ting.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика