So’nggi yangiliklar

14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  0 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  5 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Teglar :  Qo'qon-1912Paxtakor
Bugun Qo'qon shahrida oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" bahsi bo'lib o'tadi.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Paxtakor (Toshkent)
6 may 2017. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 17:00
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Jalimov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

O'yin oldidan: Darhaqiqat, bugun Qo'qonda qiziqarli bahs bo'lib o'tishi kutilmoqda. Bugun maydon egalari joriy mavsumdagi natijalar bejizga emasligini yana bor isbotlash maqsadida harakat qilishadi. Mehmonlar esa "Paxtakor" nomini yana avvalgi mavqega qaytarish uchun to'p tepishadi.

Turnir jadvalidagi o'rni: Ayni paytda "Qo'qon-1912" 17 ochko bilan ikkinchi, "Paxtakor" esa 10 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. Ochkolar orasidagi farq - 7. Agar bugun mezbonlar zafar quchadigan bo'lsa, jadvalda birinchi o'ringa chiqib olishadi.

Fakt: "Qo'qon-1912" shu paytgacha o'z maydonida to'rtta uchrashuv o'tkazib, shundan uchtasida g'alaba qozongan va bir bor mag'lubiyatga uchragan. No'mon Hasanov shogirdlari uyda "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergan holda "Qizilqum", "Dinamo" va "Metallurg"dan ustun kelishgan. Jamoa o'z maydonida 9 ochko to'plagan, to'plar nisbati 7-3.

Fakt: Bugun "Paxtakor" safarda to'rtinchi o'yinini o'tkazadi. Jamoa bungacha bir bor durang o'ynab, ikkita bahsda engilib qaytgan. Safar o'yinlarida qo'lga kiritilgan ochkolar bitta, to'plar nisbati 0-6. "Paxtakor" safarda "Neftchi" bilan durang o'ynab, "Mashal" va "SHo'rtan"ga mag'lub bo'lgan.

Bilasizmi? "Paxtakor" hozircha safarda o'yinlarida gol urmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Buning ustiga toshkentliklar Qashqadaryoga safar davomida "Mashal" va "SHo'rtan"dan bir xil 0:3 hisobida mag'lub bo'lishgan.   

Murabbiylar haqida: "Qo'qon-1912"  bosh murabbiyi No'mon Hasanov saytimiz tomonidan o'tgan oyning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. Bugun No'mon aka mazkur etirof tasirida shogirdlarini yanada ruhlantirsa ajab emas. "Paxtakor"ning vaqtincha bosh murabbiyi Jasur Abduraimov esa bugun ikkinchi o'yinini bo'ladi. Yosh murabbiy safardan ijobiy natija bilan qaytishni uddalasa, "Paxtakor"ning keyingi ishlari yurishib ketishi mumkin.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика