So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  89 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  5 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   14 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Mashal" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Mashal"

Bugun Coca Cola Superligasining 7-tur bahslariga start beriladi.

O'z maydonida mag'lubiyat tugul durang nimaligini bilmay kelayotgan "Qo'qon-1912" Superliga debyutanti "Mashal"ni qabul qiladi. Xabaringiz bor, muborakliklar ikki yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytishdi. 

Musobaqa jadvalida "Qo'qon-1912" 12 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 6ta o'yindan to'rttasida g'alaba qozonib, ikki bor mag'lubiyatga uchragan. To'shplar nisbati 12-3. "Mashal" esa 6 ochko to'plagan holda 9-o'rinda boryapti. To'plar nisbati 6-5. 

Aytib o'tganimizdek, qo'qonliklar uydagi to'rttala o'yinni ham g'alaba bilan yakunlashdi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari uyda "Buxoro" (3:0), "So'g'diyona" (2:1), "Qizilqum" (4:0) va "Surxon"dan (3:0) ustun kelishdi. Jamoa o'z darvozasidan faqat bitta gol o'tkazgan. 

"Mashal" esa hozirgacha bir marta g'alaba qozonib, uch bor durang o'ynadi. SHu paytgacha uch marta safarda to'p tepgan "gazchilar" faqat "Surxon" bilan durang (2:2) qayd eta olishdi. "Bunyodkor" va AGMK bilan kechgan bahslarda esa bir xil 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugun "Mashal" to'rtinchi bor safarda to'p tepadi. 

Imkoniyatlar haqida gapiradigan bo'lsak, "Qo'qon-1912"ning o'z maydonida o'ynashi albatta mezbon jamoaga ustunlik beradi. Buning ustiga qo'qonliklar uyda gol urish bobida muammoga duch kelishayotgani yo'q. "Mashal" esa safarda qiynalmoqda. Lekin bugun muborakliklar ham safardagi ilk g'alabani nishonlashga urinib ko'rishadi.

P.S. Coat 19:00da boshlanadigan uchrashuvni "Sport" telekanalida to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 53', Murod Xolmuhamedov - 88'

Superliga. 7-tur

01/07/2020, 19:00

0
:
2
Tugadi

Mash’al

45'
90'
53'  Murod Xolmuhamedov
88'  Murod Xolmuhamedov
31'  Ifeanyi Ifeanyi
48'  Ella Ken Arman
55'  Najmiddin Normurodov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика