So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  0 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

Bugun futbol: “Olmaliq” – “Lokomotiv” Yangiliklar

Bugun futbol: “Olmaliq” – “Lokomotiv”

Teglar :  LokomotivOlmaliq
Xabaringiz bor, Oliy Liganing 19-turi qoldirilgan o'yinida “Lokomotiv” “Olmaliq” maydoniga safar uyushtiradi.

Qiziqarli tarzda o'tishi kutilayotgan mazkur o'yin oldidan ushbu ikki jamoaning o'zaro uchrashuvlari tarixi haqida malumot berib o'tamiz.

Qayd etish joizki, “Lokomotiv” hamda “Olmaliq” jamoalari shu paytga qadar milliy chempionatlarimiz doirasida 17 bor bahs olib borishgan. O'zaro o'yinlarda yaqqol ustunlik “temiryo'lchilar” jamoasi tomonida.

“Lokomotiv” futbolchilari “Olmaliq”ni 11 marta mag'lub etishning uddasidan chiqishgan. 3 ta o'yinda raqibga imkoniyat boy berilgan. Yana 3 ta bellashuv durang bilan yakunlangan.

Vakillarimiz olmaliqliklar darvozasini shu paytgacha 39 bor ishg'ol etishgan va 20 marta o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishgan. Diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, “Lokomotiv” futbolchilari “Olmaliq”qa qarshi o'tgan so'nggi 5ta o'yinda 20ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Yana bir malumot shundan iboratki, jamoalarning Oliy Liga-2017 birinchi davrasida o'tkazilgan uchrashuvida ham mamlakatimizning amaldagi chempioni yirik hisobda zafar quchgandi. 4-tur doirasida o'tgan o'sha bellashuvda vakillarimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishishgandi. Ushbu g'alaba “Lokomotiv” uchun “Olmaliq” ustidan qozonilgan eng yirik hisobdagisi bo'lib turibdi.

Olmaliq (Olmaliq) – Lokomotiv (Toshkent) - 17:30.

Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), R. Nig'monov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)

Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
PFL vakili: SH. Rajabov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика