So’nggi yangiliklar

18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   0 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  0 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   2 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  3 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  2 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  3 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  1 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  1 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  9 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  4 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  1

Bugun futbol. "Neftchi" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" - "Paxtakor"

Teglar :  PaxtakorNeftchi
Bugun oliy liganing 25-turidan o'rin olgan yana uchta uchrashuv bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion "Paxtakor" Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi.

Oliy liga. 25-tur
NEFTCHI - PAXTAKOR
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev
Boshlanish vaqti: 16:00

Turnir jadvalidagi o'rni: "Neftchi" 11-o'rinda (28 ochko), "Paxtakor" 6-o'rinda (41 ochko).
Ochkolar orasidargi farq - 13 ochko.

Tarif: Avvallari qaerda bo'lmasin, "Paxtakor" va "Neftchi"ning o'zaro qarama-qarshiligi doim murosasiz kechardi, o'yinni ko'rish uchun muxlislar ham ko'p kelardi. Lekin oxirgi yillarda bunday deb bo'lmaydi. Bugungi uchrashuvga qiziqish qay darajada? Birinchi davra bahsida "Neftchi"ning 2:1 hisobida g'alaba qozonib ketganini hisobga olsak, bugun "Paxtakor" o'sha mag'lubiyat alamini olishga harakat qiladi. Farg'onaliklar esa Toshkentdagi g'alaba tasodif bo'lmaganini isbotlashga intilishadi.

Fakt: "Neftchi" ikkinchi davrani bir tekis o'tkaza olmayapti. Jamoa to'qqizta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan faqat ikkitasida g'alaba qozondi. Bir bor durang o'ynab, oltita bellashuvda mag'lub bo'ldi. "Neftchi"ning ikkinchi davradagi ikkita g'alabasi "Bunyodkor" va "Olmaliq" bilan bo'lgan bahslarda qo'lga kiritilgan.

Fakt: "Paxtakor" oxirgi uch o'yinni ketma-ket g'alaba bilan yakunladi. Umuman olganda "paxtakorchilar" oxirgi besh o'yinda 12 ochko to'plashning uddasidan chiqishdi. Hozirda jamoaning kayfiyati yuqori va mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashni o'ylamoqda.

Fakt: Toshkentda bo'lib o'tgan birinchi davrada o'yinida "Neftchi" 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Murod Bobojonov va Otabek Isroilovning gollariga maydon egalari safida Jaloliddin Masharipov javob qaytargan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика