So’nggi yangiliklar

22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  9 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  68 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Surxon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Surxon"

Ikki haftalik tanaffusdan keyin bugun Superliganing 11-tur bahslariga start beriladi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o'z maydonida Termizning "Surxon" klubini qabul qiladi. Uchrashuv "Lokomotiv" stadionida 19:30da boshlanadi. Quyida o'yinga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" Superliga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 10ta o'yindan so'ng 21 ochko jamg'ardi. To'plar nisbati 16-7. 

- Bugun "Lokomotiv" o'z maydonida 7-uchrashuvni o'tkazadi. Avvalgi oltita bahsning to'rttasida "temiryo'lchilar" g'alaba qozonib, ikki bor durang qayd etishgan.  

- Uydagi o'yinlar holatiga ko'ra "Loko" jadvalda ikkinchi o'rinda boryapti. Uydagi o'yinlarda to'plar nisbati 12-4. 

- Qatorasiga uchta durangdan so'ng "Loko" o'tgan turda g'alabaga erishdi. Jamoa safarda "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytdi. 

- "Lokomotiv" shu paytgacha "Surxonga qarshi 2 bor kuch sinashib ikkalasida ham durang qayd etgan. 


"Surxon"

- Superliga debyutanti "Surxon" musobaqa jadvalida uchinchi o'rinda ketyapti. Jamoa 18 ochko to'plagan. To'plar nisbati 11-8. Bundan ko'rinib turibdiki, bugun ikkinchi va uchinchi o'rindagi jamoalar o'zaro bahs olib boradi. 

- "Surxon" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev o'z vaqtida "Lokomotiv"ni boshqargan. Bugun Andrey Gennadevich shogirdlari sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

- "Surxon" safarda ochko yig'ish bo'yicha to'rtinchi o'rinda. Termizliklar ikkitadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etishgan. To'plar nisbati 6-6. 

- "Surxon" safar o'yinlarida "So'g'diyona" bilan "Qizilqum"ni mag'lub etib, "Navbahor" va AGMKga imkoniyatni boy bergan. 

- "Surxon" oxirgi uchta o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Miklyaev boshqaruvidagi jamoa "Buxoro", "Qizilqum" va "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика