So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  8 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  0 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  7 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4

Bugun futbol. Ikkinchi davrada hali yutmagan "Navbahor" "Andijon" mehmoni bo'ladi Yangiliklar

Bugun futbol. Ikkinchi davrada hali yutmagan "Navbahor" "Andijon" mehmoni bo'ladi

Bugun Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Mavsum boshida yuqori o'rinlarni maqsad qilgan "Navbahor" safarda "Andijon" mehmoni bo'ladi. Vodiy derbisi bo'lgani uchun bu bahs nihoyatda qiziq kechishi kutilyapti. 

Turnir jadvalida "Andijon" 16 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. "Navbahor" esa 22 ochko to'plagan va 6-o'rinda boryapti. "Andijon"ning ikkinchi davradagi natijalari chakki emas: uchta o'yindan ikkitasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynadi. Ayniqsa "Andijon"ning o'tgan tur Bekoboddan g'alaba bilan qaytishi o'ziga xos sensaciya bo'ldi. Bugun andijonliklar o'tgan turdagi g'alaba tasodif emasligini isbotlashga harakat qiladilar. 

"Navbahor" esa negadir o'zini ko'rsata olmayapti. Bu jamoa Kanchelskiy paytida ancha tomoshabop futbol namoyish etardi. Lekin yangi murabbiy kelganidan beri "Navbahor" ikkinchi davrada hali g'alaba nashidasini surgani yo'q. Jamoa ikki bor mag'lubiyatga uchrab, bir o'yinda durang qayd etdi. 

Bugungi bahsda tomonlarning imkoniyati teng baholanmoqda. Albatta, "Andijon" o'z uyida o'ynaydi va uyda devorlar ham yordam beradi degan gap bekorga aytilmagan. Lekin "Navbahor" safarda qanday to'p tepish kerakligini biladi. Qolaversa bu jamoa faqat uch ochkoni ko'zlab harakat qilsa kerak. 

18:00. «Andijon» - «Navbahor»

Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Timur Galeev, Ravil SHoyaxmetov, Olim To'ychiboev.

Nazoratchi: Noil Lutfullin

Komissar: Sardor Qudratullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика