So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  1 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  11 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Bugun final. "Qizil iblislar" "aristokrat"larga qarshi. Uchrashuv haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar (Prevyu) Yangiliklar

Bugun final. "Qizil iblislar" "aristokrat"larga qarshi. Uchrashuv haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar (Prevyu)

Bugun Angliya kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"CHelsi" - "Manchester Yunayted"
Stadion: "Uembli", London.
Angliya kubogi. Final.
SHanba, 19 may 2018 yil
Boshlanish vaqti: 17:15 BST (21:15)

TARKIBLAR HOLATI

"CHelsi"

"Ko'klar" bosh murabbiyi Antonio Kontening tasdiqlashicha, jarohati sababli Emerson uchrashuvga tayyor emas. Biroq u jurnalistlarga jarohatlangan futbolchilar haqida malumot bermadi.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Emerson.
So'roq ostida: -

"Manchester Yunayted"

"Arsenal"ga qarshi bahsda jarohat olgan Romelu Lukaku bugun fitnes-testdan o'tadi va uning holati malum bo'ladi. Antoni Marsyal esa jarohatidan forig' bo'lgan va u jamoadoshlariga yordam berishga tayyor.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Yo'q
So'roq ostida: Lukaku.

JAMOALAR HOLATI

"CHelsi"
5-o'rin, 70 ochko (APLda)
So'nggi 5 uchrashuvi: M-D-G'-G'-G'

Angliya Kubogida

"CHelsi" - Angliya kubogining 7 karra egasi hisoblanadi. "Ko'klar" ushbu sovrinni so'nggi bora 2012 yilda qo'lga kiritdi.

"CHelsi" uchun bo'lajak final 13-chisi. Agarda jamoa g'alabaga erishadigan bo'lsa, sovrinning 8 karrra sohibi sifatida "Tottenxem" bilan birgalikda sovrindorlar ro'yxatining 3-pog'onasidan joy oladi.

"CHelsi" ushbu kubokning amaldagi finalchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda jamoa Aleksis Sanches to'p tepgan "Arsenal"ga mag'lub bo'lgan.

"CHelsi" 2009 va 2010 yildan keyin Angliya kubogi finaliga ilk bora ketma ket ikki marta chiqdi. Biroq Antonio Konte mag'lub etiladigan bo'lsa, 1985 va 1986 yildan keyin ilk marta "Everton"ning natijasini qayd etadi va finalda ketma ket ikkinchi bora yutqazgan hisoblanadi.

Angliya kubogining 3-bosqichida "aristokratlar" "Norvich"dan ustunroq bo'lishdi (0-0, 1-1, penaltilar seriyasiga ko'ra 5-3). 4-bosqichda ular "Nyukasl"ni 4:0, chorak finalda qo'shimcha vaqtlarda "Lester" 2:1, yarim finalda esa "Sautgempton" 2:0 hisobida mag'lub etildi.

"Manchester Yunayted"
2-o'rin, 81 ochko (APLda).
So'nggi 5 uchrashuvi: G'-D-M-G'-G'

Angliya Kubogida

"Manchester Yunayted" - Angliya kubogining 12 karra egasi. Ushbu uzoq yillik turnirda undan ko'proq "Arsenal" sovringa ega chiqa olgan - 13. Jamoa so'nggi bora 2016 yilning mayida "Kristal Pelas"ni mag'lub etgan va sovrinni qo'lga kiritgan.

Finallarda 7 bora yutqazib qo'yishgan. So'nggi mag'lubiyat 2007 yilda "CHelsi" bilan bahsda qayd etilgan finallarda 0:1.

Ushbu final mankunianliklar uchun ingliz jamoalari orasidagi rekord hisoblanadi. Agarda jamoa g'alabaga erishadigan bo'lsa, "Arsenal" bilan birgalikda sovrinni qo'lga kiritish borasida rekordchiga aylanib olishadi.

"Manchester Yunayted" "Uembli"da 51 uchrashuv o'tkazgan. UNda 28 g'alaba, 5 durang va 18 mag'lubiyat qayd etilgan.

Jamoa "Uembli"da 1983 hamda 1996 yillarda "Nyukasl" ustidan o'zining eng yirik hisobdagi g'alabalariga erishgan - 4:0.

MYU bu mavsumdagi Angliya kubogida faqatgina 1 gol o'tkazib yuborgan.

Joze Mourino Angliya kubogini ikkita jamoada qo'lga kiritgan uchinchi murabbiyga aylanishi mumkin. Bunga qadar Gerbert CHepmen 1922 yilda "Xaddersfild" va 1930 yilda "Arsenal" bilan hamda Billi Uoker 1935 yilda "SHeffild Uensdey" va 1959 yilda "Nottingem Forest" kabi jamoalar bilan shunday natijalarni qayd etishgan.

MYU Angliya kubogining 1922 yilda "Xaddersfild", 1930 yilda "Arsenal", 1935 yilda "SHeffild Uensdey" va 1959 yilda "Nottingem Forest" 3-raundida "Derbi Kaunti"ni 2:0, 4-bosqichda "Yovil Taun"ni 4:0, 5-bosqichda "Xaddersfild"ni 2:0, chorak finalda "Brayton"ni 2:0 va yarim finalda "Tottenxem"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

FUTBOLCHILAR HAQIDA MA'LUMOTLAR

"CHelsi"
Jamoa to'purari: Azar - 16 gol (12tasi ligada).

Hujumchi Olive Jiru 2012 yildan buyon Angliya kubogida 26 uchrashuvda qatnashgan va 22 golda ishtirok etgan. 15 bora raqib darvozasini ishg'ol etgan va 7 golga assistentlik qilgan. Biror futbolchi uning natijasiga yaqinlasha olmaydi.

"Manchester Yunayted"
Jamoa to'purari: Lukaku - 27 gol (16tasi ligada).

Lukaku Angliya kubogida o'tkazgan so'nggi 12 uchrashuvida 12 gol kiritgan.

Aleksis Sanches "Uembli"dagi so'nggi 5 uchrashuvida 6 gol kiritgan. CHililik ketma ket ikki finalda gol urgan birinchi futbolchiga aylanishi mumkin.

Romelu Lukaku, Xuan Mata va Nemanya Matichni Joze Mourino maydonga tushiradigan bo'lsa, ular sobiq jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar barcha turnirlarda o'zaro 179 uchrashuvda bahs olib borishgan. "CHelsi" 52, MYU 74 bahsda g'alaba qozongan bo'lsa, 53 uchrashuvda durang qayd etilgan.

Jamoalar Angliya kubogi finalida 2 marta to'qnash kelishgan. 2007 yilda "CHelsi" qo'shimcha taymlarda 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. 1994 yilda MYU finalda 4:0 hisobi bilan mag'lub etgan.

2007 yildagi finalda "CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino bo'lgan.

Tomonlar "Uembli"dagi o'zlarining 8-o'zaro bahsini o'tkazishadi. Hech qaysi jamoalar bu stadionda bunchalik ko'p o'zaro bahs olib borishmagan.

JAMOALARNING APLdagi SO'NGGI O'ZARO UCHRASHUVI

"Manchester Yunayted" 2-1 "CHelsi"

25 fevral 2018 yil

Bosh hakam: Martin Atkinson.

Gollar: Lukaku 39, Lingard 75 - Villyan 32.

TOMONLARNING ANGLIYA KUBOGIdagi SO'NGGI O'ZARO UCHRASHUVI

"CHelsi" 1-0 "Manchester Yunayted"

Angliya kubogining 6-raundi. Javob o'yini (Birinchi bahs 2:2)

1 aprel, 2013 yil.

Bosh hakam: Piter Uolton.

Gol: Demba Ba 49.

HAKAMLAR BRIGADASI

Bosh hakam: Mayk Oliver (Notumberlend).

Bu mavsumda barcha turnirlarda 34 uchrashuvni boshqardi va 119 sariq va 5 qizil kartochka ko'rsatdi.

Qanotlardagi hakamlar: Li Bets, Yaan Xassin.

Videoassistentlar: Nil Suorbrik, Mayk MakDono.

Zaxiradagi hakamlar: Li Meyson.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика