So’nggi yangiliklar

07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  0 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  4 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2

Bugun ECHL va Evropa ligasi pley-off bosqichiga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun ECHL va Evropa ligasi pley-off bosqichiga qura tashlanadi

Bugun Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

CHEMPIONLAR LIGASI

CHempionlar ligasi pley-off bosqichi Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Unda jami 20ta jamoa o'z raqibini bilib oladi. 10 ta chempion va 10ta chempion bo'lmaganlar ikki tomonga ajratilgan. Ular bu bosqichda to'qnash kelishmaydi.

CHempionlar yo'li
Saralanganlar:
Bazel (SHveycariya), Seltik (SHotlandiya), APOEL (Kipr), BATE (Belorussiya), Dinamo Zagreb (Xorvatiya).
Saralanmaganlar: Makkabi Tel-Aviv (Isroil), Partizan (Serbiya), Malme (SHveciya), Skenderbeu (Albaniya), Astana (Qozog'iston).

CHempion bo'lmaganlar yo'li
Saralanganlar:
Manchester Yunayted (Angliya), Valensiya (Ispaniya), Bayer (Germaniya), SHaxter (Ukraina), Sporting (Portugaliya).
Saralanmaganlar: CSKA (Rossiya), Lacio (Italiya), Bryugge (Belgiya), Monako (Franciya), Rapid (Avstriya).

CHempionlar yo'lidagi saralangan jamoalar saralanmaganlarga qarshi o'ynaydi. CHempion va chempion bo'lmaganlar o'zaro raqib bo'lishmaydi. Masalan, "Bazel" CHempionlar yo'lidagi saralanmagan jamoalardan biri (Makkabi Tel-Aviv, Partizan, Malme, Skenderbeu yoki Astana) qarshi o'ynaydi.

Takidlash lozimki, UEFA CSKA va SHaxter siyosiy sabab tufayli bir-biriga raqib bo'lmasligini taminlaydi.


EVROPA LIGASI

Evropa ligasining pley-off bosqichiga ura tashlash marosimi soat 16:00da (Toshkent vaqti) boshlanadi. Qurada 22ta saralangan jamoa 22ta saralanmagan jamoaga qarshi kurash olib boradi.

Saralangan jamoalar orasida hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Krasnodar" klubi bor.

Saralanmaganlar orasida Qozog'istonning "Qayrat" klubi mavjud.

Saralanganlar: Borussiya Dortmund (Germaniya), Ayaks (Gollandiya), Rubin (Rossiya), Atletik (Ispaniya), AZ (Gollandiya), Red Bull Zalcburg (Avstriya), Viktoriya Plzen (CHexiya), PAOK (Greciya), Styaua (Ruminiya), Yang Boyz (SHveycariya), Sparta (CHexiya), Fenerbaxche (Turkiya), Standard (Belgiya), Legiya (Polsha), Bordo (Franciya), Panatinaikos (Greciya), Lex (Polsha), Sent-Eten (Franciya), Slovan (CHexiya), Sautgempton (Angliya), Krasnodar (Rossiya), Belenensesh (Portugaliya).

Saralanmaganlar: Rusenborg (Norvegiya), Karabax (Ozarbayjon), Xayduk (Xorvatiya), XIK (Finlyandiya), Zarya (Ukraina), Atromitos (Greciya), Melde (Norvegiya), Tun (SHveycariya), Astra (Ruminiya), Dinamo Minsk (Belorussiya), Yablonec (CHexiya), Jilina (Slovakiya), Midtyulland (Daniya), Videoton (Vengriya), Brondbyu (Daniya), Voyvodina (Serbiya), Rabotnichki (Makedoniya), Milsami (Moldaviya), Odd (Norvegiya), Gabala (Ozarbayjon), Qayrat (Qozog'iston).




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика