So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Bugun "CA" 5 yoshga to'ldi, tadbir esa bo'ladi... Yangiliklar

Bugun "CA" 5 yoshga to'ldi, tadbir esa bo'ladi...

Teglar :  CA
Garchi, 2010 yilning noyabr oyida faoliyatimizni boshlagan bo'lsak-da, rasman saytimiz 3 dekabr kuni start olgan edi.

SHu boisdan aynan ushbu sanani o'zimiz uchun tug'ilgan kun sifatida nishonlashni odat qildik.

2014 yilgi tug'ilgan kunimiz ko'pchilikning yodida qolgan edi. Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlangan kechamizda 50 mln so'mdan ziyod pul yig'ilgandi. 2013 yil esa Osiyo chempionatida g'alaba qozongan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi va oliy ligamiz yulduzlari saytimizning qadrdon o'quvchilariga qarshi bahs olib borishgan edi. 2012 yil ham yomon bo'lmagan. O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari saytimiz "yuzer"lariga qarshi maydonga chiqqan edilar.

Avvalo, bugungi kundagi saviyaga chiqishda saytimizning barcha fidoiy xodimlariga katta rahmat aytaman! Aynan ahil va inoq jamoa tufayli bugungi yutuqlarga erishyapmiz deb o'ylayman. Futbol bu shunchaki oddiy o'yin va uni deb dilxiralik qilish kerak emasligini doimo takidlab kelganmiz. Bundan keyin ham shunday bo'ladi.

Bu safar hech qanday tadbir yo'qmi, deysizmi? Ochig'i, rejamizda yo'q edi. Lekin kuni kecha "Feysbuk" ijtimoiy tarmog'ida Olimjon Ergashev tomonidan qilingan murojaat yilni tadbir bilan yakunlashga undadi. Gap shundaki, Olimjon akaning farzandi Hasanjon operaciya qilinishga muhtoj. SHuning uchun navbatdagi akciyamiz Hasanjon Ergashevga bag'ishlanadi. Bu haqida birozdan keyin to'liq axborotga ega bo'lasiz.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика