So’nggi yangiliklar

12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  0 12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  8 11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0 11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  7 11:01"Бавария" қаторасига тўртинчи бор ПСЖни мағлуб этди — барчаси "қуруқ" ғалабалар  2 10:44Флик: "Сельта"га қарши 2:2дан кейин шундай ишончли ғалабага эришганимиз яхши бўлди"  13 10:22"Ман Сити" ярим ҳимоясини "Ньюкасл" вакили билан кучайтирмоқчи  0 10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  5 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  0 08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  19 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  5 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  34 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  3 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11

Sport huquqshunosi Sergey Lisenko: "Bunyodkor"ga xotirjamlikka berilishga hali erta. Har qanday kechikish uchun FIFA yana sankciyalarni joriy qiladi" Yangiliklar

Sport huquqshunosi Sergey Lisenko: "Bunyodkor"ga xotirjamlikka berilishga hali erta. Har qanday kechikish uchun FIFA yana sankciyalarni joriy qiladi"

Mana bir necha oydirki, o'zbek futbolidagi asosiy mavzulardan biri "Bunyodkor"ning kelajagi bo'lib turibdi.

Besh karra O'zbekiston chempioni, to'rt karra mamlakat kubogi sohibi, Osiyo CHempionlar Ligasining ikki karra yarim finalchisi bankrot bo'lish arafasida. Hammasi Rivaldo va Denilson oldidagi 2010 yildan beri davom etayotgan qarzlar tufayli.

Championat.asia sayti sport huquqshunosi Sergey Lisenko bilan suhbatlashdi va u bunday holatlardagi nyuanslar va "Bunyodkor"ning istiqboli haqida gapirdi.

- Avvalo, o'zingiz va sport huquqshunosi sifatida nimalar bilan shug'ullanishingiz haqida gapirib bersangiz...

- Men Sila xalqaro kompaniyasida katta yuristiman. Moskvadagi ofisda besh yildan ortiq ishladim, endi Toshkentda ofis ochishni rejalashtiryapmiz, men u erda boshqaruvchi bo'laman. Hozirda Moskvadan tashqari Bolgariya, Turkiya, SHveycariya, Ispaniya, Qozog'iston va BAAda ofisimiz bor. Toshkentdagi ofis sakkizinchisi bo'ladi.

Kompaniyamiz sport sohasida yuridik xizmatlar ko'rsatadi. Asosiy etibor, albatta, futbol, lekin boshqa sport turlari ham bor. Biz asosan – FIFA, Sport arbitraj sudi (CAS), shuningdek, milliy futbol federaciyalari bilan bo'ladigan turli nizolarda mijozlarning huquqini himoya qilamiz. Klublar, agentlar va sportchilarga ham maslahat beramiz: transfer kelishuvlari, shartnomalar va qarzlar bilan ishlashda ko'maklashamiz. Umuman olganda, huquqiy sohada hal qilinishi mumkin bo'lgan hamma narsa bilan shug'ullanamiz. Bundan tashqari, sportchilarga antidoping holatlarida vakillik qilamiz.



- O'zbekistonda nizolarni hal qilish bilan bog'liq holatlar bo'lganmi?

- Yaqinda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari (Kamoliddin Murzoev)ga futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorlik bilan bog'liq ishlar bo'yicha maslahat berdik. Ishni to'liq olib bormadik, lekin ko'maklashdik.

Agar shov-shuvli ishlar haqida gapiradigan bo'lsak, biz Ignatiy Nesterovning antidoping keysi bilan shug'ullanganmiz. Bu 2019 yilda Osiyo Kubogidan keyin bo'lgandi. Biz taqiqlangan modda uning tanasiga "ifloslangan mahsulot" orqali kirib qolganini isbotlagandik. Nesterov biologik faol moddani qabul qilgan, uning yorlig'ida taqiqlangan moddaning mavjudligi ko'rsatilmagan. Natijada, u qandaydir tarzda Nesterovning namunasida paydo bo'lgan. Biz bularning barchasi tasodifan sodir bo'lganini isbotlagandik va to'rt yil o'rniga atigi sakkiz oyga diskvalifikaciya qilinishini taminlaganmiz. Bu katta muvaffaqiyat edi.

SHuningdek, kompaniyamiz Andrey Kanchelskis va "Navbahor", Egor Krimec va "Paxtakor" o'rtasidagi to'lanmagan maoshlar bo'yicha kelishmovchiliklarni ko'rib chiqqan. Ikkala ish ham oxir-oqibat barchani qoniqtirgan kelishuv bitimlari bilan yakunlangan.  

Biz uchun so'nggi paytlardagi eng yirik ish bu CAS'da FIFA va UEFAga qarshi RFI va Rossiya klublarining manfaatlarini himoya qilish edi. Ishlar Rossiya terma jamoasi va Rossiya klublarini xalqaro musobaqalardan chetlashtirish, shuningdek, FIFA reglamentiga maxsus "anneksiya" (qo'shimcha) kiritish bilan bog'liq edi. Bu qo'shimcha Rossiyadagi xorijlik futbolchilarga Rossiya klublari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish va xorij klublariga tekinga borish imkonini berdi. Ko'pgina xorijlik futbolchilar va xorij klublari bundan foydalanib qolishdi.

Siyosiy sabablarga ko'ra biz bu ishlarni yutqazdik, ammo FIFA bizning dalillarimizni tingladi va reglamentga tegishli o'zgartirishlar kiritdi. Hozir Rossiya klublarining hozirgi vaziyatdagi manfaatlari ancha yuqori darajada himoyalangan.


- Hozir O'zbekistonda eng shov-shuvli holat – bu "Bunyodkor"ning Rivaldo va Denilson oldidagi qarzlari bilan bog'liq muammolar. Bu keys haqida nimalarni bilasiz?

- Bu borada hech qanday insaydga ega emasman. Men faqat ommaga ochiq bo'lgan malumotlarga asoslanib fikr bildira olaman.

Bilishimcha, dastlab FIFA nizolarni hal qilish palatasining qarori bor edi – 2017 yilgi, menimcha. O'shanda klubning poziciyasi qanday bo'lganini, qanday qilib o'z manfaatlarini himoya qilishga harakat qilganini bilmayman, ammo FIFA o'z qarorini qabul qilgan.

Keyin "Bunyodkor" bu qaror yuzasidan CAS'ga shikoyat qilgan. 2023 yil oxirida CAS FIFA qarorini tasdiqlagan va 2024 yilning fevralida Rivaldo vakillari qarorni ijro etish uchun FIFAga murojaat qilishgan. Mart oyida klubga nisbatan birinchi sankciyalar qo'llanilgan edi – yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlash.

Keling, qaror allaqachon yakuniy ekanligidan boshlaylik. Endi hech qanday shikoyat bo'lishi mumkin emas. Qaror o'zining yakuniy shakliga kirgan. Endi "Bunyodkor"da ikkita yo'l bor – yo qarzni to'lash, yoki qandaydir tarzda Rivaldo va Denilson bilan kelishish. SHu bilan birga, FIFA allaqachon "Bunyodkor"ga jarima belgilagan, bu Rivaldo va Denilsonga taalluqli emas. Bilishimcha, har bir ish uchun 30 ming frank (taxminan 33 ming dollar) olinadi. Futbolchilar bilan qandaydir kelishuvga erishilsa ham, bu jarima albatta to'lanishi kerak.


- Bugun (suhbat 2 aprel kuni yozib olingan – tahr.) "Bunyodkor" Rivaldo va Denilson bilan qarzni kamaytirish va bo'lib-bo'lib to'lash bo'yicha kelishib olgani haqida malumotlar paydo bo'ldi. Buni hozirgi vaziyatda muvaffaqiyat deb hisoblash mumkinmi?

- Ha, menimcha, bu klub uchun ham, futbolchilar uchun ham eng maqbul variant. Klub qarzni kamaytirishga va uni uzoqroq muddatda to'lab berish bo'yicha kelishuvga erishdi, endi futbolchilar qarzning aksariyat qismini olishlari mumkin. Ammo shuni takidlash kerakki, kelishuv bitimidagi har qanday kechikish darhol FIFAning tegishli sankciyalarini faollashtiradi. SHunday ekan, "Bunyodkor"ga xotirjamlikki berilishiga hali erta, ammo kelishuv bitimining tuzilishi ajoyib ish va klub uchun katta muvaffaqiyat.


- To'lovlar amalga oshirilmasa yoki kechiktirilsa, "Bunyodkor"ga nima bo'lishi mumkin?

- Bu erda hamma narsa, birinchi navbatda, kelishuv bitimi shartlariga bog'liq. Katta ehtimol bilan tomonlar hozirda barcha sankciyalarni to'xtatishgan, biroq kechikilgan taqdirda hammasi yaqinda bo'lgani kabi yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlash bilan yana boshlanishiga kelishib olishgan. Buning ortidan ochkolar olib tashlanadi. Keyingi bosqich – klubni quyi divizionga o'tkazish. Odatda, ochkolar bir necha marta olib tashlanadi, keyin quyi divizionga tushirib yuboriladi.


- Bunday vaziyatlarda ochkolar qanday tartibda olib tashlanadi? Va bu qancha ochko bo'lishi mumkin?

- Bularning barchasi FIFA tartib-intizom qo'mitasining ixtiyorida. Nizomda jarimalar ko'rsatilmagan, faqat mumkin bo'lgan jazo turlari ko'rsatilgan. Tartib-intizom qo'mitasi mavjud vaziyat, klubning xatti-harakati, jarima miqdori va kechikish muddatini o'rganadi. Dastlabki qarz juda katta bo'lgan shunga o'xshash holatlarni topish qiyin – deyarli 10 million evro. Odatda bunday vaziyatlarda klublar hammasini FIFA va CAS'ga qadar cho'zmasdan, imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qiladi.


- Nima uchun, sizningcha, hamma narsa uzoqqa cho'zildi (2010 yildan beri)?

- Tushunishimcha, dastlab futbolchilarning o'zlari ham, vakillari ham shoshilishmagan. Standart davo muddati – majburiyatlarni bajarmagan kundan boshlab 2 yil. Nima uchun hammasi shunchalik uzoq davom etganini tushunish qiyin. Ammo, aftidan, bunday qaror 2017 yilda qabul qilinganining qandaydir sabablari bor. SHuningdek, munozaralarni nizoni tinch yo'l bilan hal qilish uchun muzokaralar o'tkazish uchun jarayon to'xtatilgan bo'lishi ham mumkin.


- Rivaldo "Bunyodkor" bilan emas, "Zeromax" kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani haqida malumotlar bor edi. Qanday qilib bunday bo'lishi mumkir?

- Amalda klublar maosh to'laydigan, lekin bazi bonuslar yoki imij huquqi uchun to'lovlar klub homiysi tomonidan amalga oshiriladigan holatlar uchrab turadi.  Lekin shuni tushunish kerakki, FIFA va CAS qarorlarida "Zeromax" emas, balki “Bunyodkor” ko'rsatilgan. Qaror qabul qilgan organda "Bunyodkor"ni qarzdor sifatida ko'rsatishga asos bo'lgan. Balki Rivaldo va Denilsonning "Zeromax"ga nisbatan qandaydir davolari bordir, ammo barcha hujjatlarga ko'ra, aynan klub qarzdor.



- Aytaylik, klub Rivaldo va Denilson bilan kelisha olmadi. Bankrotlik jarayoni qanday kechadi?

- FIFA tartib-intizom reglamentida "sport vorisligi" mexanizmi nazarda tutilgan. Voris klublar o'z o'rnini bosadigan o'tmishdoshlari uchun javobgardirlar.

"Bunyodkor" bankrot bo'lgan vaziyatni tasavvur qilaylik. Uning o'rniga, masalan, "Quruvchi" klubi paydo bo'ldi. Bunday holatda kreditorlar (klub qarzdor bo'lgan futbolchilar) FIFAga ushbu klubni huquqiy voris sifatida tan olish talabi bilan murojaat qilishlari mumkin. FIFA buning to'g'ri yoki yo'qligini bir qancha mezonlarga ko'ra tahlil qiladi: joylashuv, klub ranglari, logotip, tarix, muxlislarning ijtimoiy idroki. SHundan so'ng yangi klubni bankrot bo'lgan klubning huquqiy vorisi deb hisoblash uchun asos bormi yoki yo'q, aniq bo'ladi. Yuridik shaxsni o'zgartirib bo'lmaydi va shu bilan qarzlaringizni hisobdan chiqara olmaysiz. FIFA shunga o'xshash misollarga bir necha bor duch kelgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, agar kreditorlar FIFAga yangi klubni ularga qarzdor bo'lgan klubning huquqiy vorisi sifatida tan olish talabi bilan murojaat qilsalar va FIFA tahlil natijalariga ko'ra buni tan olsa, qarzlarni to'lash bo'yicha barcha majburiyatlarni yangi klub o'z zimmasiga oladi. Hozir nomini bir harfini o'zgartirib, quyi diviziondan ko'tarila boshlagan Xorvatiya klubi bilan ham xuddi shunday ishni ko'rib chiqyapmiz.

- "Bunyodkor" birdaniga faoliyatini to'xtatib qo'ysa, uning o'rnida yangi klub tashkil etilmasa nima bo'ladi? Rivaldo va Denilson pullarini qaerdan olishadi?

- Bu holatda hamma narsa ancha murakkabroq. Siz o'z huquqlaringizni davlat sudlari orqali himoya qilishga urinib ko'rishingiz mumkin, bu ham sodir bo'ladi, ammo bu yanada murakkab va qimmatroq jarayon. Katta ehtimol bilan, bu holatda Rivaldo va Denilson pullarini olmagan bo'lardi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика