So’nggi yangiliklar

17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   0 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  7 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   1 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  7 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  3 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  2 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   83 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   3 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  43 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  22 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  17

Bugun "Barselona" yarim finalga chiqish uchun "Roma" bilan o'ynaydi (Prevyu) Yangiliklar

Bugun "Barselona" yarim finalga chiqish uchun "Roma" bilan o'ynaydi (Prevyu)

Bugun Evropa chempionlar ligasi 1/4 final doirasida "Barselona" Italiyada "Roma" mehmoni bo'ladi.

"Roma" (Italiya) – "Barselona" (Ispaniya)
Rim, "Olimpiko". 23:45
Bosh hakam:
Kleman Tyurpen (Franciya).
Diskvalifikaciya:
yo'q
Jarohatlanganlar:
Karsdorp, Perotti, Under (so'roq ostida, barchasi "Roma") – Din ("Barselona").

Birinchi uchrashuvdagi natijadan keyin "Barselona" masalani deyarli hal qilgandek. Biroq nazariy jihatdan olib qaraganda rimliklarda imkoniyat bor.

ECHL. “Roma” 3 ta gol urgan o'yinda “Barselona” yirik g'alabaga erishdi

"Roma" bosh murabbiyi esa yarim finalga chiqish imkoniyatlarini kamayib ketganini aytdi. Eusebioning gaplariga ko'ra, shogirdlari mashg'ulotlarni biroz bo'shroq o'tkazishmoqda va shu boisdan bir necha uchrashuvlarni boy berdi. Ketma ket o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar sababli 3-o'rin uchun kurashga "Lacio" va "Inter" ham qo'shilib ketdi. "Roma" o'z maydonida o'tgan so'nggi 6 uchrashuvning 3tasida mag'lub bo'ldi, shunchasida g'alabaga erishdi. Jumladan, 4 kun oldin jamoa "Fiorentina"ga yutqazib qo'ydi. Albatta, "Barselona"ga qarshi uchrashuvdan oldin rimliklarning mag'lub bo'lishi ikki jamoaning ham ruhiyatiga tasiri bo'ladi.

TAXMINIY TARKIB


JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

CHempionlar ligasi-2017/18, 1/4 final (04.04.2018)

Ispaniya. Barselona. "Kamp Nou". 90106 tomoshabin

"Barselona" (Ispaniya) - "Roma" (Italiya) 4:1 

Bosh hakam: Danni Makkeli (Gollandiya) 

Qanot hakamlari: Mario Diks (Gollandiya), Xessel Steegstra (Gollandiya) 

Gollar: De Rossi 38 (o'z darvozasiga), Manolas 55 (o'z darvozasiga), Pike 59, L.Suares 87 - Jeko 80 

"Barselona" (Ispaniya): ter SHtegen, Semedu, Alba, Pike, Umtiti, Inesta (D.Suares 85), Buskets (Paulino 66), Roberto (Gomesh 83), Rakitich, L.Suares, Messi 

"Roma" (Italiya): Alisson, Kolarov, Peres, Manolas, Fasio, Florenci (El-SHaaravi 72), Pellegrini (Gonalon 60), Strootman, Perotti, De Rossi (Defrel 77), Jeko 

Ogohlantirish: Kolarov 44, Strootman 86.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 5 o'yin o'tkazishgan. Unda "Barselona" ikki, "Roma" bir g'alabaga erishgan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan. Gollar urishda "Barselona" etakchi - 12:7.

2002 yil 20 fevral. "Barselona" - "Roma" 1:1

2002 yil 26 fevral. "Roma" - "Barselona" 3:0

2015 yil 16 sentyabr. "Roma" - "Barselona" 1:1

2015 yil 24 noyabr. "Barselona" - "Roma" 6:1

2018 yil 4 aprel. "Barselona" - "Roma" 4:1

FAKTLAR

- Rimliklar  ECHLning so'nggi 3 chorak final uchrashuvida mag'lub bo'lgan.

- "Roma"ning Ispaniya jamoalari bilan ikki uchrashuvlik natijalari - 3 g'alaba, 4 mag'lubiyat.

- "Roma" Ispaniya jamoasi bilan pley-offda so'nggi bora o'tgan yili Evropa ligasida to'qnash kelgan. O'shanda "Roma" dastlabki uchrashuvda "Vilyarreal"ni safarda 4:0 hisobida mag'lub etgan. O'z maydonida esa 0:1 hisobida yutqazgan.

- "Barselona"ning Italiya jamoalari bilan pley-offda o'tgan ikki uchrashuvlik natijalari - 8 g'alaba, 4 mag'lubiyat.

- "Barselona" so'nggi 15 safar uchrashuvining 5tasida g'alabaga erishgan.

- "Barselona" UEFA pley-offlari doirasida dastlabki uchrashuvda o'z maydonida g'alabaga erishgan 41 qarama-qarshilikning 38tasida keyingi bosqichga chiqqan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика