Bugun 17:00. "Bunyodkor" - "Al Jaish"
11 mar 2014 08:37
Yangiliklar
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi Toshkentning "Bunyodkor" klubi dastlabki turni safarda "Al Fath"ga qarshi o'tkazib 0:0 hisobida durang o'ynab qaytgandi.
Bugun Mirjalol Qosimov shogirdlari Qatarning "Al Jaish" klubini Toshkentda qabul qilishadi. Qizig'i "Jaish" ham birinchi turda 0:0 hisobidagi durangga erishgandi ("Fulad"ga qarshi bahsda).
Soat 17:00da "Paxtakor" stadionida "Bunyodkor" va "Al Jaish" o'rtasidagi bahs boshlanadi.
Saytimiz orqali uchrashuvning matnli onlayn translyaciyasini olib boramiz.
Kimda imkon bo'lsa stadionga borib "qaldirg'ochlar"ni qo'llab turishlarini so'rab qolamiz. Zero "Bunyodkor"ning ko'p ochko olishi keyingi yil OCHLda O'zbekiston uchun kvotalar sonining o'sishiga olib keladi.

Fikrlar