So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  15 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Bugun, 10 dekabr - xalqaro futbol kuni Yangiliklar

Bugun, 10 dekabr - xalqaro futbol kuni

Teglar :  10 dekabr
BMT tashabbusi bilan har yili 10 dekabr sanasida norasmiy tarzda Xalqaro futbol kuni (World Football Day) nishonlanadi.

SHu tariqa, butun dunyo millionlar insonlar uchun nafaqat sport balki hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan futbolga hurmat bajo keltiradi. SHu kuni sayyoramizda turli darajadagi futbol o'yinlari o'tkaziladi.

Tarixga murojaat qilsak «oyoq bilan to'p o'ynash» iboralarini xitoyliklar topishgan. Bu yozuvlar miloddan avvalgi 2000 yil oldin qayd etilgan. Bu o'yin "Cu CHyu" deb nomlanardi. Uning manosi «oyoq bilan itarish». Futbol o'yini xitoylik askarlarning yaxshi sport formada bo'lishlarini taminlar edi.

Bu o'yin qachon paydo bo'lganini hech kim bilmaydi. Bazilar futbol 8 asrda Angliyada paydo bo'lgan deyishdi.



Futbol o'yinlarida darvoza to'ri ilk bor 1891 yilda Angliyaning shimoliy va janubiy jamoalari o'rtasidagi bahsda qo'llanilgan. Qadimgi Greciyada, ikki yarim ming yil oldin Rimda ham futbol o'ynashgan. Greciyada bu o'yin «to'p uchun jang» deb nomlangan edi. Nomga qarab o'shanda futbolda har qanday kuch bilan o'ynashgani tushunarli bo'lsa kerak.

O'zbekistonda ilk futbol jamoalari 1912 yilda Qo'qon va Farg'onada paydo bo'lgan. Keyinroq, Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida futbol jamoalari tashkil etilib, ular o'rtasida musobaqalar o'tkazila boshlangan.

1946 yilda O'zbekiston Futbol Federaciyasi tashkil etilgan. 1994 yilda O'FF FIFA hamda OFK azosiga aylangan. 1994 yilda O'zbekiston terma jamoasi Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida chempion bo'ldi. 2012 yilda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionligiga erishdi. 2013 yilda FIFAning "Feyr Pley" sovrini O'FFga topshirildi. 2018 yilda U-23 O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempioni bo'ldi.

championat.asia sayti xodimlari bugungi bayram bilan futbolga aloqador bo'lgan barcha-barchani tabriklaydi. Futbol doim sizga faqat xursandchilik taqdim etsin. Bayram muborak!


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика