Superliga. "Sho'rtan" mavsumdagi ilk g'alabasini bir kishi kam bo'lib qolgan "Andijon" ustidan qo'lga kiritdi
17 may 22:46
Yangiliklar


Superliga. "Sho'rtan" mavsumdagi ilk g'alabasini bir kishi kam bo'lib qolgan "Andijon" ustidan qo'lga kiritdi
Superliga
10-tur
"Sho'rtan" – "Andijon" 1:0
G'uzor. "Markaziy" stadioni. 20:30
Gol: Doniyor Narzullaev (Timur Mamasidiqov) 33'
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Akmal G'iyosov, Dilshod Jumaniyozov
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Vladimir Nazarov
"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 8.Shahboz Nuriddinov (77.Asadbek Saitxonov, 60), 10.Timur Mamasidiqov, 15.Jo'rabek Mannonov (14.Abrorbek Toshqo'ziev, 67), 24.Doniyor Narzullaev (27.Choriyor Tursunqulov, 78), 33.Bekjon Rahmatov (99.Komron Saydazimov, 67), 45.G'anisher Qodirov (21.Murodxo'ja Jabborov, 78), 55.Azizbek Pirmuhammadov.
Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 5.Mirkomil Abdurazzoqov, 11.Daler Sharipov, 47.Asilbek Anvarov.
"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 4.Islombek Mamatkazin, 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov, 10.Ilhomjon Abdug'aniev (18.Damir Temirov, 90+1), 11.Islam Mashukov, 14.Abdurahmon Komilov (5.Abdulvohid G'ulomov, 90+1), 23.Doniyor Abdumannopov, 33.Oleg Zoteev, 66.Miomir Jurichkovich, 71.Bektemir Abdumannonov (22.Usmonali Ismonaliev, 66).
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 8.Iskandar Shayqulov, 13.Sardor Azimov, 70.Abbosbek Abdug'offorov, 88.Shohjahon Yorqinboev.
Ogohlantirishlar: Doniyor Abdumannopov (24), Bekjon Rahmatov (45+3).
Chetlatishlar: Miomir Jurichkovich (40).
MATNLI TRANSLYACIYA
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+3. Zarbaaa! Abdumannopovning kuchli zarbasidan keyin to'p to'sinni titratdi.
90+1. "Andijon"da 2 ta almashtirish: Abdug'aniev o'rniga Temirov, Komilov o'rniga G'ulomov bahsni yakunlab qo'yadi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
87. Uuuux! Mamasidiqovning zarbasi o'tkir burchakka yo'l oldi, ammo noaniq.
85. Zarbaaa! Sultonmurodovning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib maydondan chiqib ketdi. Dahshat!
80. Abdumannopov jarima maydonchasi ichidagi Kreziuga pas uzatdi, biroq legioner futbolchi to'pni to'xtata olmadi.
78. "Sho'rtan"da almashtirish: Narzullaev o'rnina o'rniga Tursunqulov, Qodirov o'rniga Jabborov tushirildi.
73. Uuuux! Qodirovning zarbasidan so'ng Zoteev jamoasi joniga ora kirdi va to'pni tizzasi bilan qaytarib qoldi.
72. Toshqo'ziev Ismonalievni yiqitdi, hakam jarima belgiladi.
70. Zarbaaa! Abdug'aniev uzoqdan kuchli, ammo noaniq zarba berdi.
67. "Sho'rtan"da 2 ta o'zgarish: Mannonov o'rniga Toshqo'ziev, Rahmatov o'rniga Saydazimov uchrashuvni davom ettiradi.
67. Zarbaaa! Mamasidiqovning pasidan keyin Qodirov mo'ljalda sal adashdi.
66. "Andijon"da almashtirish: Abdumannonov o'rniga Ismonaliev bahsga qo'shildi.
64. Mannonov shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi va o'zgartirishlarini so'radi.
63. Zarba! Bektemir Abdumannonovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi manzilga aniq bormadi.
60. "Sho'rtan"da o'zgarish: Nuriddinov o'rniga Saitxonov tushdi.
59. Zarba! Turdimurodovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. To'p to'rning tashqi tomoniga borib tushdi.
57. Zarbaa! Bu gal "Andijon" sardori Oleg Zoteev g'uzorliklar darvozasini poyladi, Eshbo'taev zarbani qaytardi!
56. Zarbaaa! Qo'zievning o'ta kuchli zarbasi sal qolsa darvozaga kirib ketardi. Kutilmagan va dahshatli zarba bo'ldi!
54. Uuuux! Rahmatov yaqin masofadan noaniq zarba yo'llab, qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.
51. Zarbaaa! Abdumannonov himoyachini chalg'itib, yaqin masofadan darvozani nishonga oldi. Eshbo'taev o'z o'rnida!
50. Abdumannonovning ichkariga oshirib bergan uzatmasidan so'ng Eshbo'taev to'pni egallab oldi.
48. Andijonlik ishqibozlar sevimli jamoasini G'uzorda qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Andijon"da o'zgarish: Mashukov o'rniga Shayqulov tushirildi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!
45+4. Bosh hakam VAR monitoriga yo'l oldi va vaziyatni o'rganib chiqdi. Shundan so'ng Rahmatovning qizilini sariqqa almashtirdi.
45+3. Bekjon Rahmatov to'p uchun kurash chog'ida Rustam Turdimurodovni ortdan chalib yiqitdi va maydondan chetlatildi!
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.
44. Zarbaa! Qo'ziev olisdan chap oyog'ida darvozani poylab ko'rdi, ammo to'p ancha noaniq ko'rinish kasb etdi.
42. Zoteev himoyada faollik ko'rsatib, to'p Narzullaev orqali maydonni tark etishini taminladi.
41. Zarbaa! Qo'zievning jarimadan bergan zarbasini Rahimov qaytarishga erishdi.
40. Jurichkovichga qizil kartochka ko'rsatildi! Vaziyat so'nggi umid foli sifatida baholandi.
39. Rustam Choriev qoida buzish holatini batafsil o'rganish uchun VAR monitori tomon yo'l oldi.
36. Miomir Jurichkovich Qodirovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
33. GOL! Mamasidiqov jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, Narzullaevni qulay pas bilan taminladi. Doniyor qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qildi – 1:0!
32. G'anisher Qodirov havodan kelgan to'pga astoydil intildi, ammo baland sakragan posbon Rahimov to'pni ilib oldi.
29. Narzullaev yaqin masofadan chalqancha uslubda zarba berib ko'rdi, biroq ofsayd qayd etildi.
25. Kornerlar bo'yicha "Sho'rtan" oldinda – 3:1. Biroq hozirsa bundan samara chiqmayapti.
24. Abdumannopov Pirmuhammadovga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.
23. Zarbaaa! Bektemir Abdumannonovning chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
21. Jurichkovich "Sho'rtan" azosi uzatma amalga oshirishiga yo'l qo'ymadi.
19. "Sho'rtan" vakillari bosimiga uchragan Miomir Jurichkovich tavakkal qilib o'tirmadi va to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.
15. Komilovning qanotdan oshirib bergan to'piga Bektemir Abdumannonov harchand urinmasin, etib borolmadi.
14. Sultonmurodovning hujumchilar tomon uzun pasi to'g'ri Rahimovga bordi.
11. Zarbaaa! Mashukovning jarima maydonchasi ichidagi zarbasini Eshbo'taev qaytardi.
10. Komilov Mamasidiqov to'pni ichkariga oshirib berishiga yo'l qo'ymadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
8. Mashukov Turdimurodovni qulay pas bilan taminlashni istadi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
7. Abdumannopov o'yin epizodida Narzullaevning oyog'ini bosib oldi.
5. Pirmuhammadov o'ng qanotda Turdimurodovni fol evaziga to'xtatib qoldi.
4. Abdumannopov Pirmuhammadov bilan to'qnashib ketdi, keyinroq Doniyor uzr so'radi.
2. Qo'ziev olis masofadan zarba yo'llab, Rahimovni sinovdan o'tkazib ko'rdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
- Chamasi 20 daqiqada chiroq yondi. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.
- G'uzordagi stadionda chiroq o'chib qolgani uchun o'yin boshlanishi kechikmoqda.
- Uchrashuv 20:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar