So’nggi yangiliklar

21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  0 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  1 21:30Суперлига. "Шўртан" – "Андижон" 1:0 (матнли трансляция)  22 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 20:59"Ал Файҳа" — "Ал Ухдуд". Таркиблар маълум  1 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" - "Насаф" 0:2 (матнли трансляция)  19 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  1 20:30Англия кубоги. "Кристал Пэлас" ва "Ман Сити" финалда ўзаро тўқнаш келмоқда, Ҳусанов захирада (онлайн ҳисоб)  30 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  22 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0 18:17"Ливерпуль" ва "Арсенал"га 65-70 млн фунтлик ўйинчи қизиқ  2 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0 16:20"Реал" "Байер"дан Гримальдо трансферини кўриб чиқмоқда. Чап қанот ҳимоячиси - "Барса" тарбияланувчиси  4 15:53Неймар Бразилияда қолмоқчи  2

Superliga. Zaxiradan tushganlar o'zini ko'rsatgan "Buxoro" – "Dinamo" o'yinida jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

Superliga. Zaxiradan tushganlar o'zini ko'rsatgan "Buxoro" – "Dinamo" o'yinida jangovar durang qayd etildi

Superliga 10-turi doirasidagi uchrashuv poyoniga etdi.

Superliga

10-tur

"Buxoro" – "Dinamo" 2:2 

Toshkent. "Jar" stadioni. 18:00

Gollar: Shahboz Jo'rabekov 65', Frane Ikich 74' – Anvar Hojimirzaev (Oybek O'rmonjonov) 34', Xislat Xalilov 87'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Anvar Ismoilov

Nazoratchi: Mamur Saidkasimov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Kristina Sereda

Komissar: Oybek Ikromov 

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev (94.Frane Ikich, 64), 7.Muhammadsafo Fozilov (97.Shahboz Jo'rabekov, 36), 10.Shohruz Norxonov (14.Mahmud Jo'raboev, 90), 17.Javohir Ro'ziev (8.Anvar Jo'raev, 90), 19.Bilol Tupliev (77.Asilbek Qayumov, 64), 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Javohir O'tamurodov, 9.Husayn Ergashboev, 23.Azamat Shomurodov.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov (37.Firdavs Abdurahmonov, 65), 10.Anvar Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey (5.Duglas Maykon, 65), 17.Salim Mustafoev (8.Sanjar Qodirqulov, 77), 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev, 25.Oybek O'rmonjonov, 88.Marko Stanoevich (11.Xislat Xalilov, 77).

Zaxira: 27.Edem Nemanov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 24.Muhsin Bozorov.

Ogohlantirish: Frane Ikich (86).

MATNLI TRANLSYACIYA


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+2. To'p Jo'rabekovning zarbasidan keyin O'rozovning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Biroq VAR hakamga penalti yo'qligi haqida xabar berdi. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi. 

90. "Buxoro"da 2 ta almashtirish: Norxonov o'rniga Jo'raboev, Ro'ziev o'rniga Jo'raev uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

87. GOL! Xislat Xalilov himoyachidan qaytgan to'pni o'ng oyoqda darvoza tomon yo'lladi, chamasi 13 metrdan darvoza ishg'ol qilindi – 2:2! 

86. Frane Ikich qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

86. "Buxoro" hatto "aut"ni otishga ham shoshilgani yo'q. "Dinamo" tomoni bundan norozi bo'lmoqda. 

83. Javohir Ro'ziev Ratinoga nisbatan fol ishlatdi. Bu paytda esa Boymurodovga tibbiy yordam zarur. U elkasini ushlab o'tiribdi. 

82. Endi Sardor Qulmatov maydonda yotibdi, takroriy lavhaga Abdurahmonov hatto unga tegmaganini ko'rsatdi. 

80. Qayumov to'qnashuvda ishtirok etdi va tibbiy yordamga muhtojlik sezdi. 

77. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Mustafoev o'rniga Qodirqulov, Stanoevich o'rniga Xalilov maydonga tushdi. 

74. GOL! Qayumovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Ikich darvozaga kiritdi – 2:1! 

72. Hojimirzaev to'p bilan kurash chog'ida Po'latov bilan to'qnashib ketdi, Hojimirzaev burchak zarbasi so'radi, biroq hakam erkin zarbani ko'rsatdi. 

70. Qayumov to'pni o'zlashtirish vaqtida qo'li bilan o'ynadi, hakam buni payqab qoldi. 

65. GOL! Himoyachilardan qaytgan to'pni Jo'rabekov kuchli zarbasi orqali darvozaga joylab qo'ydi – 1:1!

65. "Dinamo"da 2 ta almashtirish: Mirahmadov o'rniga Abdurahmonov, Fraydey o'rniga Maykon bahsni davom ettiradi.  

64. "Buxoro"da 2 ta o'zgarish: Tupliev o'rniga Qayumov, Xayrullaev o'rniga Ikich tushirildi.  

62. Xayrullaevning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

60. Zarba! Hojimirzaevning darvoza tomon yo'llagan zarbasi rikoshet orqali Boymurodovga kuchsiz holda etib bordi. 

59. Uuuux! Stanoevichning burchak zarbasidan bergan zarbasini Otabek Boymurodov qaytarishga erishdi. 

57. Maydonga qaylardandir turli cellofanlar uchib kelmoqda. 

55. Zarba! Xayrullaev zarbasi orqali Yagudinning hushyorligini sinab ko'rdi. Darvozabon pastki burchakka ketayotgan to'pni ilib oldi. 

53. Hojimirzaevning ichkariga oshirib bergan pasini himoyachilar bartaraf etishdi. 

50. Norxonovdan qo'pollik. Hujumchi Ratinoning oyog'ini bosib oldi. 

49. Himoyachilardan qaytgan to'pni Po'latov darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, zarba ancha noaniq.

47. Kuchli shamol orqali butun Toshkent chang ostida qoldi. Bu narsa "Jar" stadionida ham sezilmoqda. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+5. Chiryakning jarima zarbasi orqali oshirgan pasidan so'ng to'p hech kimga tegmay maydondan chiqib ketdi. 

45+3. "Buxoro"ning hujumdagi ishlari biroz yurishmayapti, ammo ilinj bor. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Norxonov va O'rozov maydon tashqarisida to'p uchun talashib, biroz bahslashdi. Hakam har ikki futbolchiga tushuntirish berdi. 

40. Norxonov maydon markaziga yaqin joyda Kucherenkoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

36. "Buxoro"da o'zgarish: Fozilov o'rniga Jo'rabekov tushirildi. 

34. GOL! O'rmonjonovning erlatib bergan pasidan keyin Hojimirzaev to'xtatmasdan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi – 0:1!

31. Uuux! O'rmonjonovning pasidan keyin kutilmaganda Fraydey chap oyoqda zarba yo'llab qoldi, noaniq. Aslida pas Hojimirzaev tomon kelgandi, biroq Richard buni inobatga olmadi va Anvar bilan turtilib ketdi. 

28. Oybek O'rmonjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p to'g'ri borib Otabek Boymurodovga kelib tushdi. 

24. Futbolchilarga suv ichib olish imkoniyati berilmoqda. 

21. Sardor Qulmatov Anvar Hojimirzaevni yiqitishga majbur bo'ldi. 

19. Uuux! Chiryak standartni o'zi amalga oshirib, ichkariga pas uzatdi. Norxonovning zarbasi xavfli chiqdi, ammo aniqlik etishmadi.

18. Mustafoev Chiryakka nisbatan qoidani buzdi va jarima belgilandi. 

17. Buxorolik muxlislar sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. O'yin tempi esa u qadar yuqori emas. 

14. O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuvni bevosita "Jar"da kuzatib bormoqda. 

12. Boymurodovga yordam ko'rsatildi va jarima zarbasi belgilandi, Fraydeyga darvozabonga nisbatan qoida buzgan deb topildi. 

10. Otabek Boymurodov to'pni ilib olish chog'ida jarima maydonchasi ichidan tashqariga chiqib ketdi, ammo jabrlanganini aytib, shifokorlarni yordamga chaqirdi. 

9. Jahongir O'rozov o'ng qanot hujumidagi Richard Fraydeyga uzun pasni amalga oshirdi, noaniq. Legioner futbolchi sherigiga zo'r deb qo'yishni unutmadi. 

7. Po'latov maydon markaziga yaqin hududda to'pni egallayotgan Hojimirzaevga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

3. Zarba! Qanotdan oshirib berilgan to'pni Qulmatov darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, ammo to'p darvozaga qadar etib bormasdan himoyachiga tegib qaytdi. 

2. O'rozov katta tezlikda oldinga borayotgan Norxonovni ushlab qoldi, o'yindagi ilk fol. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 18:00 da start oladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

+3   
17 may 18:55:56
Otabek Sidikov
Динамо биринчи маглубиятини БУХОРОдан Кабул килиб олади иншооллох.
+3   
17 may 18:12:48
MiRsHoD BuXaRa
Bugun xudo xoxlada galaba qozonamiz olga Buxoro
+2   
17 may 20:05:09
Qirol Zidan
Насиб бўлса, Динамо совриндор бўлади.
+1   
17 may 18:14:03
mirabzal
Олга бухоро бугунги уйинда бухорога омад
   
17 may 21:22:12
Шерзод Икромов
Бухоро стадионига кайтса кейин галаба кутамиз
   
17 may 20:21:40
Sharifbek Buriev
Хакам уйнагани бермади
   
17 may 20:20:21
Sharifbek Buriev
Хакам жуда йомон уйин утказди агар уни хакам дея олсаг агар супер лига савиясига умуман тугри мелмайди бунака хакамлар
   
17 may 20:19:55
Sharifbek Buriev
Хакам жуда йомон уйин утказди агар уни хакам дея олсаг агар супер лига савиясига умуман тугри мелмайди бунака хакамлар
   
17 may 18:54:39
Азик Asian
Бузоро шунчаки куча футболи уйнаяпти,Бакоев даврида Сугдиенада хам шунака эди,яьни жисмоний куч ишлатиб ракиб жамоа уйинчисини сафдан чикариш. Сугдиенани расво килганди Улугбек Бакоев энди навбат Бухорога шекилли.
   
17 may 17:50:01
Абдурахмон Вахобов
ОЛГА ДИНАМО ОСИЁ ЧЕМПИОНЛАР ЛИГАСИДА УЙНАШ НАСИБ ЭТСИН ИЛОХИМ
   
17 may 17:43:23
Азик Asian
Айни вактда Динамо жуда яхши формада ва унданда яхши кайфиятда. Динамога факат омад ва каттарок хисобда галаба тилайман. Олга ДИНАМО !!!
-1   
17 may 21:16:21
Фарход
Динамо вперёд, просто подарка Бухоро фк га, рефери отстой
-1   
17 may 20:53:30
Абдурахмон Вахобов
Qirol Zidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Насиб бўлса, Динамо совриндор бўлади.
ИН ША АЛЛОХ
-1   
17 may 20:18:17
Muhsin 1986
Бухоро дарвозабони иккинчи голни кайтарса буларди, ландовур
-1   
17 may 20:03:21
1994 Nurafshon
Бакоев кетиши керак Бухорога унака мураббий керакмас
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика