Buffon: “Barselona”ga o'tishni rejalashtirgandim”
22 mar 2023 08:05
Yangiliklar
Buffon: “Barselona”ga o'tishni rejalashtirgandim”
“Parma” kiperi Janluiji Buffon 2001 yil “Barselona”ga o'tishga yaqin kelgani haqida gapirdi.
U o'sha yili “Yuventus”ga yo'l olgandi.
“Yuventus” – malum darajaga etishimga yordam bergan jamoa. Bu qila olishim mumkin bo'lgan eng to'g'ri tanlov edi.
Otam va agentim meni shunga ko'ndirishdi. “Roma” va “Barselona” ham menga qiziqish bildirdi hamda “Barsa”ga o'tishni rejalashtirgandim.
5-6 oy Turinga ko'nikishimga to'g'ri keldi, ammo faoliyatim davomida “Yuventus”dagidek mentalitet va professionallikni hech qaerda ko'rmaganman”, deydi 45 yoshli Buffon.
Eslatib o'tamiz, Italiya TJ sobiq kiperi klub miqyosida “Parma” (1995-2001, 2021 yildan h.k.), “Yuventus” (2001-2018, 2019-2021), PSJ (2018-2019) sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar