So’nggi yangiliklar

19:00ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — Эрон 0:0 (матнли трансляция)  43 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  43 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  45 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0

Bu yil "omadsiz" tamg'asidan qutilishi mumkin bo'lgan yulduzlar Yangiliklar

Bu yil "omadsiz" tamg'asidan qutilishi mumkin bo'lgan yulduzlar

Keyn, Defo Xandanovich va chempion bo'lmagan boshqa yulduzlar.

Xarri Keyn (Angliya) – 433 o'yin

Yozda Xarri 28 yoshga to'ladi, futbol olami uchun bu kichik sonlar emas. Agar sen "Arsenal" futbol maktabi bo'lsang shu kabi uzoq muddat sovrinsiz qolib ketishing mumkin — lekin "kanonirlar" bilan hech bo'lmaganda kuboklarda zafar quchishi mumkin, keyin esa "Tottenxem"ga ko'chib o'tasan, chunki yaqinlaring shu klubga muxlislik qiladi. Keyn – "shporlar"ning sodiq azosi, oxirgi yillarda yuz marta jamoasini almashtirishi mumkin edi. Yoki almashtirolmasmidi? Bazan klub xo'jayini Levi muzokara davomida xasisligi tutib qoladi, bazida transfer narxi shunday bo'ladki, hatto "Barselona" va MYU kabi grandlarni ham qo'rqitib yuboradi. Bugungi kunga kelib, klub miqyosida u qadar omadi chopmayotgan Angliya termasi etakchisi Evro-2020"da katta sahnaga, bosh rollarda chiqishi taxmin qilinmoqda. Turnir oldidan britaniyaliklar imkoniyati yuqori baholanmoqda. Bundan tashqari – "Tottenxem" Liga Kubogi finaliga chiqishni uddaladi. 2021 yil 25 aprel kuni Xarri sovrin yutish imkoniyatiga ega bo'ladi, Mourino o'z navbatida shogirdlariga finallarda maydonga chiqqunga yutqazishni yig'ishtirish zarurligini takidladi.


Radja Nainggolan (Belgiya) – 531 o'yin

Indoneziyaliklar qoniga ega futbol tarixidagi eng xavfli futbolchi erishganlaridan ko'proq yutuqlarni qo'lga kiritishi mumkin edi. Radjaning tartib borasida muammolari bor. U xursandchlik qilishni, shovqinli kompaniyalarni xush ko'radi. Rejim qoidalirini bir necha bor buzgan va bazan "bayramlarini" telefon kamerasi orqali muxrlaydi ham. Nainggolanning og'ir xarakteri borasida skaut va murabbiylar ham eshitgan hamda shu sababli sportchi uzoq vaqt "Kalyari"da qolib ketdi. 

SHuningdek xavbek Belgiya terma jamoasida ham muammolarga duch kelgan – bosh murabbiy Roberto Martinesni OAV orqali ochiqchasiga tanqid qilgan. Katta klubga o'tishi cho'zilib ketdi, taxminlarga qaraganda, bunda futbolchining (endi) sobiq ayoli ham muhim rol o'ynagan – Rimga ko'chib o'tishni istamagan, unga Kalyarida qolish maqul edi. "Inter" Radjaga imkon bergan va tarkibga kiritishga harakat qilib ko'rdi, lekin bu ham o'xshamadi – belgiyalik tanish shahar va klubga qaytdi.


Dimitri Payet (Franciya) – 617 o'yin


Dimitri bu ro'yxatga kirmasligi uchun Evro-2016 finalida Portugaliyani taslim etsa bo'lgani edi, axir o'yindan avval aynan francuzlar favorit sifatida qaralgandi! O'sha kuni nomi aytarli chiqib ulgurmagan Eder gol urishni uddaladi, ammo Payet... Faoliyati davomida Payet APLda "Vest Xem" safida nafaqat jarima zarbalari balki ajoyib uzatmalari bilan ham yodda qolgach, Liga 1"ga qaytdi. Payet yuqori darajada 600dan ortiq o'yin o'tkazdi, Franciya termasi safida 38 uchrashuv, ammo birorta sovrin yo'q. Faqat ikkita omadsiz final – "Marsel" bilan Evropa Ligasi va Evro"da terma bilan.


Samir Xandanovich (Sloveniya) – 729 o'yin



Sloveniyada Samir biror nima yutishga ulgurmagan, juda erta Italiyaga ko'chib o'tgan. Appenin yarim orollarida "Udineze" safida muvaffaqiyatli harakat qilib, "Inter"ga ko'chib o'tdi. Oradan malum vaqt o'tgach, klub afsonasiga aylana oldi. Biroq kuni-kecha Xandanovich "Yuventus" bilan javob o'yinidan keyin Italiya Kubogi finalida o'ynash imkoniyatidan mosuvo bo'ldi. Antonio Kontening Anelli bilan munosabatlari yaxshi emasligi uchun ham bu to'qnashuv nafaqat jamoa, futbolchilar balki Antonio uchun ham muhim edi. Golkiper endi bor umidi A Seriyadan, lekin Zlatanning Xandanovich davridagi "Inter"ga qaraganda chempionlik tajribasi ko'proq. Umuman olganda Italiya chempionatida g'oliblik kurashi davom etadi – sloveniyalik posbon "Djuzeppe Meacca" o'yingohida chempionlik sovrinini ko'tarishga umid qiladi.


Jermeyn Defo (Angliya) – 803 o'yin

2018 yil dekabr oyida Defo – ajoyib yigit va undanda yaxshi hujumchiga "ovunchoq vazifasini bajaruvchi Liga Kubogi medali" topshirildi. Biroq muammo shundaki, futbolchi "Tottenxem" bilan o'zi finalda yutmagan, chunki sal avvalroq "Portsmut" bilan kelishuvga erishgan va 7 mln funt evaziga jamoasini alishtirgandi. Mehnatlari haqidagi gaplar haqiqat, oradan necha yil o'tib ham o'zini unitishmagani Defoga yoqimli bo'lgani turgan gap. Biroq bu professional sportchi uchun qaysidir manoda kamsitish hamdek. Defoning o'zi faoliyatida birorta finalda yutmagan, biror marta mavsumning oxirgi turidan keyin musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida turmagan. Lekin etakchi bo'lishi va hatto chempion bo'lishi ham mumkin. Qaxramonimiz Jerrardning Glazgoga taklifini qabul qildi. 38 yoshida angliyalik futbolchi hamon maydonda ter to'kmoqda va bazan "Reyndjers" safida gol ham urib turibdi. Jamoa SHotlandiya chempionatida etakchilik qilmoqda, eng yaqin taqibchi "Seltik" agar zaxirasidagi ikkita o'yinni yutsa 15 ochkoga ortda qolmoqda. Ungacha o'rtadagi farq 21 ochko. Jerrard uzoq yillik faoliyatidan keyin bosh sovrinsiz, chempionlik unvonisiz qolish qanchalar alamli ekanligini juda yaxshi biladi. SHunday ekan Defoga boshi uzra faoliyatidagi ilk kubokni ko'tarishda yordam berishi shubhasiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика