So’nggi yangiliklar

22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  1 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  10 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6

Bu safar darvozabonlar "kaltaklandi". "Nasaf"ning Saudiyadagi dastlabki mashg'ulotidan GALEREYA Yangiliklar

Bu safar darvozabonlar "kaltaklandi". "Nasaf"ning Saudiyadagi dastlabki mashg'ulotidan GALEREYA

Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi OCHL guruh bahslarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga etib kelgan edi.

Jamoa 4 aprel kuni kechqurun Dammaga etib keldi, uzoq yo'l bosib kelingani bois murabbiylar futbolchilarga dam berishdi. 5 aprelda esa Dammamdagi ilk mashg'ulot o'tkazildi. "Nasaf" mashg'ulotni Saudiya Arabistoni birinchi divizioni vakili hisoblangan "Al Nahda" klubi maydonida o'tkazdi. 1-divizion klubining maydon chimi alo darajada, misoli gilamdek turibdi. Faqat yorug'lik tizimi alo emas.

Ro'iqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar"ning Dammamdagi ilk mashg'ulotida bu erga etib kelgan 23 nafar o'yinchidan 22 nafari to'liq ishtirok etdi. Faqatgina jarohati bor G'olib G'aybullaev jarayonlarni shunchaki kuzatib bordi. Afsuski, uning guruh bahslarida ishtirok etishi katta so'roq ostida turibdi. Bugungi mashg'ulot avvalida tug'ilgan kunlari oldinroq o'tib ketgan ikki darvozabon Umid Ergashev hamda Abduvohid Nematovlarni "kaltakli yo'lak"dan o'tkazishdi. Kiperlar o'z "nasibalari"ni olishdi.

«Nasaf» OCHL guruh bosqichida ishtirok etish uchun 23 futbolchi bilan keldi


Eslatib o'tamiz, "Nasaf" OCHL-2022 guruh bosqichi 1-turi doirasida Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 8 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 22:15da Dammamdagi "SHahzoda Muhammad Bin Fahd" stadioni ("Prince Mohamed Bin Fahd stadium")da start oladi.

"Nasaf"ning Dammamdagi dastlabki mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov

Kecha "Nasaf"ning o'ng qanot himoyachisi Dilshod Saitovning "bagaji" chiqmagan edi, mana bu aka bugun mashg'ulotga uni olib kelib berdi.


Kecha samolyotdagi "yo'lak"da Husniddin Aliqulovni boplab urgan Nematov o'ziga kelganda kaltaklardan egilib qochib qolishga urinmoqda)


G'olib G'aybullaev hozircha mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti.


Ajoyib kadr)



"Nasaf"ning Dammamdagi dastlabki mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA






Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика