Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi
01 mar 17:36
Yangiliklar
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi
Bundan tashqari, 2024 yilning yanvar oyida transfer qilingan va bir yilga o'z klubi "River Pleyt"ga ijaraga berilgan hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri ham 27 fevral kuni "shaharliklar" safiga kelib qo'shilgani elon qilindi.
"Manchester Siti" safiga qishda kelib qo'shilganlar:
Abduqodir Husanov (O'zbekiston), 2004
Vitor Reys (Braziliya), 2006
Omar Marmush (Misr), 1999
Niko Gonsales (Ispaniya), 2002
Klaudio Echeverri (Argentina), 2006
Qizig'i, Vitor Reys hamda Klaudio Echeverri 2023 yil Indoneziyada bo'lib o'tgan U-17 Jahon chempionatida Braziliya hamda Argentina o'smirlar terma jamoasi sardori bo'lishgan. O'sha musobaqaning chorak finalida bu ikki yurt jamoasi o'zaro to'qnash kelgan. Uchrashuvda Echeverri xet-trik qayd etib Argentina U-17 ni yarim finalga olib chiqqan. 2025 yilga kelib esa "Manchester Siti" Braziliya va Argentina o'smirlar terma jamoasi sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi.


O'shanda 3ta gol urgan Echeverri uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar