So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  18 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Bu qiziq. AGMK bu mavsum safarda rekord, o'z uyida antirekord qayd etdi Yangiliklar

Bu qiziq. AGMK bu mavsum safarda rekord, o'z uyida antirekord qayd etdi

Bu yil AGMK kuchlilar safida 11-mavsumini o'tkazdi.

Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, AGMK o'z tarixida ilk marotaba mavsumni 2 murabbiy qo'l ostida o'tkazdi. 2008-2016 yillarda Igor SHkvirin jamoaning bosh murabbiyi bo'lgandi. 2017 yilda boshqaruv Viktor Kumikovga topshirildi. Joriy mavsumning dastlabki 13 turida Viktor Balyutovich jamoani boshqargan bo'lsa, qolgan 19 o'yinda bosh murabbiylik Baxtiyor Ashurmatov tomonidan amalga oshirildi.



SHu o'tgan 11 mavsum davomida jamoa 312 uchrashuv o'tkazdi. 109 o'yinda g'alaba nashidasini surgan jamoa, 65 bahsda durang qayd etgan va 138 uchrashuvda raqib muvaffaqiyatga erishgan. To'plar nisbati - 428-464.


AGMKning 11 yillik o'yinlari statistikasi.


CHempionat qoidalariga ko'ra har bir jamoa uy va safar o'yinlarini o'tkazadi. Bu yilgi natijalar shuni ko'rsatdiki, AGMK 2018 yilda o'z maydonida antirekord qayd etib, muxlislarini ko'p marotaba ranjitib qo'ygan. Jamoa hatto o'z tarixida eng past ko'rsatkichga erishgan 2016 yilgi mavsumda ham o'z maydonida yaxshiroq natijalarga erishgan ekan. Bu yil jamoa Olmaliqda o'tgan 16 o'yinda 19 ochko jamg'arishga erishdi. Bu borada turnir jadvalidagi o'rni ham eng past ko'rinishga keldi. Jamoa 10-o'rin bilan kifoyalandi.

AGMKning o'z maydonida o'tkazgan o'yinlari statistikasi


O'z maydonida antirekord qayd etgan AGMK, safar o'yinlarida muvaffaqiyatli ko'rsatkichlarga erishib o'z rekordini yangiladi. Jamoa ilk marotaba mehmondagi uchrashuvlarda 18 ochko jamg'arishga erishdi. SHuning bilan bir qatorda safar o'yinlari statistik jadvalida 4-pog'onani band etdi.


AGMKning safar o'yinlarida qayd etgan statistikasi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика