So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  5 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

"Bu erga kelishdan oldin "Buxoro"da o'ynab ketgan Romanchukdan maslahat oldim". "Dinamo"ning ukrainalik topilmasi Oleg Marchuk bilan intervyu Yangiliklar

"Bu erga kelishdan oldin "Buxoro"da o'ynab ketgan Romanchukdan maslahat oldim". "Dinamo"ning ukrainalik topilmasi Oleg Marchuk bilan intervyu

Samarqandning "Dinamo" jamoasi qishki transferlar vaqtida tarkibga mahalliy futbolchilar bilan bir qator legionerlarni ham jalb qildi.

Bular Mixaylo Udod, Dmitro Sidorenko va Oleg Marchuk. CHempionat starti arafasida Udod va Marchuk bilan bog'liq bir statistikaga ko'zimiz tushdi. Bu ikki futbolchi faoliyatida hali gol urmagan ekan. SHu tufayli ularning salohiyatiga biroz shubha bilan qaradik. Biroq ortda qolgan uchrashuvlarda guvohi bo'ldikki ularning darajasi yomon emas. Ayniqsa Oleg Marchukning o'yini ko'pchilikning etiborini o'ziga jalb qildi. Ukrainalik futbolchi so'nggi beshta uchrashuvda 5ta gol urdi va jamoadoshlarining 4ta goliga assistentlik qildi. O'zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Surxon" bilan o'yindan so'ng Marchukki suhbatga chorladik.

- "Dinamo" guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunladi. So'nggi turda Superliga vakili bo'lgan "Surxon" taslim qilindi. Dastlab suhbatimizni ushbu uchrashuv haqidagi fikrlaringizdan boshlasak...

- O'zbekiston kubogida hech bir o'yin oson o'tgani yo'q. "Surxon" bilan o'yindan oldin bizda jangovar ruh hukumron edi. Mana shu ruhiyat g'alaba uchun maydonga chiqishimizga katta turtki bo'ldi, deya olaman. Jamoadoshlarimni faqat olqishlayman. O'yin davomida murabbiylar shtabi tomonidan berilgan vazifani to'liq bajardik. 

- Gollar seriyasini boshlab yubordingiz. Aftidan yangi jamoaga moslashish kutilganidanda oson kechyapti...

- Fikringiz mutlaqo to'g'ri. "Dinamo"ga moslashishim qiyin kechmadi. Bu erga kelgan ilk kunim barcha iliq kutib oldi. Bu tomondan muammo ko'rmadim. Noqulayliklar ham sezmadim. Garchi o'z uyimdan uzoqda bo'lsamda o'zimni begonadek his qilmayapman. 

- 5ta o'yinda 5ta gol va 4ta golga assistentlik. Bu faoliyatingizdagi hozircha eng yaxshi natijami? Statistikaga etibor bersak faoliyatingizda bunga qadar gol urmagan ekansiz...

- Oldin ham gol urganman. Faqat turli yig'inlarda, nazorat uchrashuvlarida. Muhimi boshlab oldim. 

- Pro ligaga legionerlarni jalb qilish bir muncha murakkabroq. "Dinamo"ga kelishingizda nima asosiy rolni bajardi?

- Ko'p narsani agentlarim hal qildi, deyishim mumkin. Ukrainani o'zidan yaxshi takliflar bo'lmagani sabab O'zbekistonda o'zimni sinab ko'rishga qaror qildim. Klubning taklifiga rozilik bildirdim. 

- Ichki chempionatimizda ko'plab ukrainalik futbolchilar to'p tepishganidan xabaringiz bormi? "Dinamo"ga kelguningizga qadar hamyurtlaringizdan maslahat so'radingizmi?

- Oleksandr Pishurni juda yaxshi bilaman. Ushbu hujumchi bilan "Voln"da birga o'ynaganmiz. Lekin Pishur bilan gaplasha olganim yo'q. O'z vaqtida "Buxoro"da to'p tepgan Roman Romanchuk mening hamshaharim hisoblanadi. Romandan kerakli tavsiya va maslahatlarni oldim. 

- "Dinamo" Pro ligada ham, kubok bahslarida ham katta tezlik oldi. Barqaror natija qayd etmoqda. Ushbu ishtiyoq mavsum yakuniga kelib charchoq alomatlari va boshqa sabablar bois yo'qolib qolmaydimi?

- Bu yil jamoada tarkib deyarli yangidan tuzildi. Buni hamma tushunishi kerak. Biz kerakli tezlikni olib oldik va mana shu tempda davom etmoqchimiz. Ishontirib aytamanki biz har bir turda raqiblarimizga kurash taqdim qila olamiz. Buning uchun bizga barcha narsa etarli. 

- Pro liga saviyasi va darajasi tubdan ko'tarildi. Bu o'z navbatida legioner sifatida o'sishga erishishingizga yordam berishi tayin...

- Bilasizmi, inson doim o'z kuchiga ishonishi kerak. Umid va ishonch bo'lsa hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Samarqand shahri sizda qanday taasuroot qoldirdi?

- Buyuk tarixga ega katta shahar ekan. Turistlar ko'pligiga guvoh bo'ldim. Menga Samarqand yoqdi. Har bir o'yinda mahalliy ishqibozlar jamoani qo'llab-quvvatlashmoqda.


Futbolchi haqida malumot

Oleg Marchuk

Tug'ilgan sanasi: 03.06.1997

Bo'yi: 185

Vazni: 63

Fuqaroligi: Ukraina

Poziciyasi: Hujumkor yarim himoyachi

To'p tepgan jamoalari: 2017-2018 “Voln”, 2018-2019 “Xezer”, 2019-2020 “Ingulec”, 2020-2021gacha “Flint”. Hozirda "Dinamo" futbolchisi

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика