"Bu buyuk hikoyaning yakuni bo'ldi" - Loris "Tottenxem"dan ketishini malum qildi
04 iyu 2023 14:47
Yangiliklar
"Bu buyuk hikoyaning yakuni bo'ldi" - Loris "Tottenxem"dan ketishini malum qildi
Garchi amaldagi shartnomasi bo'lsa-da, posbon yozda jamoasini o'zgartirmoqchi. Yangi mavsum oldidan "Tottenxem" tarkibida inqilob bo'lishi kutilmoqda. Ayni damlarda jamoa hujumchisi Xarri Keynning ham yozda ketishi kutilmoqda.
Tajribali posbon "Get French Football News" nashriga bergan intervyusida London klubidagi faoliyati yakunlanganini va jamoadan ketishga hozirlanayotganini aytdi.
"Klub yoki men uchun muhim pallalarga etib keldik. Bu buyuk hikoyaning yakuni bo'ldi. Qandaydir yangilanishlarni istayapman.
Ayni imkoniyatlarimni solishtirib ko'ryapman. SHu bilan birgalikda shartnomam borligini ham bilaman. Biroq futbolda kelajakda nima bo'lishini oldindan aytish juda qiyin".
Loris 2012 yildan buyon "Tottenxem" tarkibida harakat qilib kelmoqda. O'tgan 11 yil davomida u 447 o'yinda qatnashib, 151 quruq o'yin o'tkazdi.
36 yoshli francuz "Tottenxem"da sardorlik ham qilayotgandi. Uning klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar