Brunu Fernandesh Ronaldu haqida: "Hatto uchinchi darvozabonga ham zaxirada o'tirish yoqmaydi"
07 dek 2022 17:07
Yangiliklar
Brunu Fernandesh Ronaldu haqida: "Hatto uchinchi darvozabonga ham zaxirada o'tirish yoqmaydi"
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning holati haqida gapirdi.
Xabaringiz bor, Krish JCH 1/8 finalida SHveycariya bilan o'yinda (6:1) jamoa asosiy tarkibiga kiritilmadi.

"Sizningcha, kimdir zaxira o'rindig'ida o'tirishni yaxshi ko'radimi? Hatto uchinchi darvozabon ham zaxira o'rindig'ida o'tirganidan unchalik xursand bo'lmasa kerak. Krishtianu xursand deb o'ylaysizmi? Agar murabbiy keyingi o'yinda meni zaxira o'rindig'iga qo'yganida, men ham ranjigan bo'lardim.
Krishtianu – barcha davrlarining eng mashhur futbolchisi. Sportda Ronaldudan mashhurroq odam yo'q. Odamlar Krishtianuni ko'rish uchun kelishi normal holat. Men bunda hayratlanarli narsani ko'rmayapman", – dedi Brunu Fernandesh.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar