Breytueyt "Barsa"ning umumiy guruhi bilan shug'ullandi. U avgustdan beri o'ynamaydi
10 jan 2022 17:38
Yangiliklar
Breytueyt "Barsa"ning umumiy guruhi bilan shug'ullandi. U avgustdan beri o'ynamaydi
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt bugun jamoaning umumiy guruhi bilan shug'ullandi.
Jarohat sabab avgustdan beri o'ynamayotgan 30 yoshli daniyalik futbolchi "Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi doirasidagi o'yin oldidan jamoa bilan mashg'ulotning bir qismida qatnashdi.
SHuningdek bir qancha vaqt jarohatidan tiklanayotgan xavbek Frenki de Yong va himoyachi Ronald Arauxo umumiy guruhda shug'ullandi.
Bugun shuningdek hujumkor yarim himoyachi Ansu Fati ham harakat qildi. Yusuf Demir va Erik Garsiya hali tayyor emas, huddi Ferran Torres va Pedri kabi - ular koronavirusga musbat test topshirishgan.
"Real"ga qarshi o'yin 12 yanvarda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar