Brendan Rojers yanvarda talash bo'ladigan futbolchi kimligini aytdi
08 okt 2022 11:31
Yangiliklar
Brendan Rojers yanvarda talash bo'ladigan futbolchi kimligini aytdi
"Lester" ustozi Brendan Rojers jamoa yarim himoyachisi Jeyms Meddison yanvarda etibor markazida bo'lishini aytib o'tdi.
"Tulkilar" bosh murabbiyi kelayotgan transfer oynasida futbolchini saqlab qolish juda murakkab ekanini tan oldi. Yozda Premer-ligadagi raqibi "Nyukasl"ning 25 yoshli futbolchi uchun 2 ta taklifi rad etildi.
Meddisonning mavsumni ajoyib boshlagani tufayli boshqa qo'shimcha takliflar ham tushishi kutilmoqda.
"U siz hech qachon yo'qotishni istmaydigan o'yinchilardan biri", – dedi Rojers ingliz futbolchisiga bo'lgan qiziqish haqida.
Angliya Premer-ligasi 2022/23 yilgi mavsumda shu paytga qadar 7 ta o'yinda ishtirok etgan Meddison xuddi shuncha samaradorlik (5+2) ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar