Braziliya terma jamoasi futbolchilari Boliviyada qanday nafas olishdi? FOTO
06 okt 2017 08:40
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasi futbolchilari Boliviyada qanday nafas olishdi? FOTO
Tunda JCH-2018 saralashi doirasidagi Boliviya - Braziliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda hisob ochilmadi va Braziliya ushbu saralash bosqichida ilk bor gol ura olmadi.
Braziliyalik futbolchilar o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida maxsus moslamalar orqali nafas olishgani etiborimizni tortdi. Bunga Boliviya mamlakatining dengiz sathidan 3600 metr balandlikda joylashgani sabab bo'ldi. Bu erda bosim juda yuqori va boshqa mamlakatga kelganlar nafas olishda qiynalishadi. Masalan, Braziliya dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan.
Boliviya terma jamoasi saralash bosqichida o'z uyida Argentinani (2:0) va CHili (1:0) kabi kuchli terma jamoalarni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Fikrlar