So’nggi yangiliklar

14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  10 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15

Islom Ismoilov: "Chili va Boliviya bilan o'yinlar juda kerakli tajriba bo'ldi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Chili va Boliviya bilan o'yinlar juda kerakli tajriba bo'ldi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida bir qator kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmoqda.

Xususan, vakillarimiz navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini okean ortida o'tkazdi. Bu yig'in doirasida esa Chili va Boliviya terma jamoalari raqib  vazifasini o'tab berdi. Biz mazkur uchrashuvlar yuzasidan O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Chiliga qarshi kechgan ikkita uchrashuvda ham g'alaba qozondik. Bu o'yinlarda raqib qanday taassurot qoldirdi?

- Har ikki uchrashuvda  ham raqibning kuchli tomonlari sezildi. Chili o'smirlari jismoniy jihatdan baquvvat, yuqori darajada pressing amalga oshira oladigan, texnik jihatdan saviyali jamoa edi. Birinchi o'yinda biz pozicon hujum orqali ularni bosim ostida ushlab turdik, ikkinchisida esa tarkibda 7 nafar o'zgarishga qo'l urdik. Shunga qaramay qarshi hujumlar orqali ustunlikni saqlay oldik. Ularni doimiy pressingda harakat qilishi bizga kerakli tajriba bo'ldi deya olaman.

- Boliviya bilan bahs dengiz sathidan juda yuqorida bo'lib o'tdi. Mamlakat shunday nuqtada joylashgan edi. Bu qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?

- Birinchi to'qnashuvda o'yinni to'liq nazorat qilishimizga qaramay himoyadagi qo'pol xatolarimiz sabab mag'lub bo'ldik. Bu faqat taktik sabablarga emas, balki fiziologik jihatdan ham bog'liqdir. 3600 metr balandlikda nafas olish og'irlashadi va bu o'yinga tasir qildi. Qisqa vaqtda iqlimga moslashishga harakat qildik. Ammo bu oson emas. Ikkinchi bellashuvda esa bir qator taktik o'zgarishlar amalga oshirdik va g'alaba qozondik.

- Jamoaning asosiy hujumchisi Asilbek Aliev qizil kartochka oldi. Tartib-intizom borasida ishlanadimi?

- Bu albatta tahlil qilinadi. Jamoa intizomi bizda doim ustun hisoblanadi. Asilbek iqtidorli futbolchi. Lekin professionla futbolchiga hos sifatlardan biri hissiyotlarni boshqara olishdir. Bu voqeadan o'zimiz uchun saboq chiqaramiz va bunday holat takrorlanmasligi uchun kerakli ishlarni amalga oshiramiz.

- Terma jamoaning keyingi rejalari qanday?

- Ushbu yig'inning asosiy maqsadi Jahon chempionatiga bosqichma-bosqich tayyorlanish edi. Endi o'tgan o'yinlar asosida individual va jamoaviy tahlillar qilinadi. Xatolar ustida ishlaymiz. Jismoniy tayyorgarlik, taktik harakatlarni chuqurlashtirish va raqiblar tahlili asosiy yo'nalishimiz bo'ladi. Reja asosida oyma-oy tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика