Alves CSKA futbolchisiga aylandi. Unga 7-raqam berildi
11 iyu 2025 14:48
Yangiliklar
Alves CSKA futbolchisiga aylandi. Unga 7-raqam berildi
CSKA braziliyalik yarim himoyachi Mateus Alves transferini elon qildi.
20 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan. Alves "armiyachilar" jamoasida 7-raqam ostida o'ynaydi.
Transfer summasi 6 million evro va braziliyalikning keyingi sotuvidan tushgan 25 foiz bo'lishi xabar qilingan.
Payshanba kuni futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda "San-Paulu" bilan xayrlashgandi.
Alves – "San-Paulu" tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoadagi debyutini shu yilning yanvar oyida o'tkazdi. Alves 2025 yilgi mavsum Braziliya klubi safida barcha turnirlarda 25 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
CSKA 2024/25 yilgi mavsum Rossiya chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar