So’nggi yangiliklar

21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  3 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  154 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  36 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  25 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28

"Brayton" bosh murabbiyi qizil kartochkani hakamlarning xatosi deb hisobladi Yangiliklar

"Brayton" bosh murabbiyi qizil kartochkani hakamlarning xatosi deb hisobladi

"Brayton" bosh murabbiyi Grem Potter APLning 18-turi doirasida qoldirilgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsidagi vaziyat haqida gapirdi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida "Brayton" himoyachisi Lyuis Dank o'z jarima maydonchasiga bir qancha metr qolganida Entoni Elangani ushlab qolib yiqitdi. Bosh hakam avvaliga futbolchiga sariq kartochka berdi. Keyinchalik vaziyatni VAR orqali kuzatib, qarorini qizil kartochkaga o'zgartirdi.

"Bu o'yin dinamikasida sariq kartochka edi. Uebster uning yaqinida turgandi. SHu sababli bu fol so'nggi umid foli emasdi. Agarda hakam videokuzatuvsiz qizil kartochka berganida buni tushunsa bo'lardi. Ammo bu vaziyatga nima uchun VAR aralashganini tushunmadim. Qizil kartochka yaqqol emasdi va bu hakamning xatosiga aylandi.

Birinchi bo'limda raqibdan yaxshiroq o'ynadik. Barchasi ikkinchi bo'limda o'zgarib ketdi. Ijobiy holatlar ko'p bo'ldi, futbolchilarim bilan fahrlanaman. Balki ikkinchi bo'limda urmagan vaziyatlarimiz uchun jazolangandirmiz.

Xafamiz. O'yin nazorati bizda edi. Biroq ikkinchi taymni yaxshi boshlay  olmadik. Raqiblar to'pni o'zlariniki qilib olishdi va bizga berishmadi. Keyin esa gol urishdi. Ammo bunga qadar barchasi bizning tashabbusimiz ostida edi.

Qizil kartochka meni biroz ranjitdi. "Old Trafford"da raqibdan bir kishi kam bo'lib o'ynadik. To'sinni poyladik, Uelbekdagi vaziyat... Ha, natijadan biroz xafaman, lekin, futbolchilarimning bugungi o'yinidan mamnunman. Bugun 3 ochko olishimiz mumkin edi", - dedi Potter.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика