APLning ikki grandi 115 mln evroga baholangan futbolchi uchun "Manchester Yunayted" bilan bahslashadi
27 sen 11:50
Yangiliklar


APLning ikki grandi 115 mln evroga baholangan futbolchi uchun "Manchester Yunayted" bilan bahslashadi
"Brayton" yarim himoyachisi Karlos Balebaga top-klublardan qiziqish bo'lib turibdi.
21 yoshli futbolchiga anchadan buyon "Manchester Yunayted" davogarlik qilmoqda, ammo "qizil iblislar"ning raqobatchilari bor. Jurnalist Ekrem Konurning malum qilishicha, xavbekni "Liverpul" va "Tottenxem" ham o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Ehtimoliy xaridorlar uchun narx-navo muammo bo'lib qolmoqda: "chaykalar" istiqbolli kamerunlikni sotishdan kamida 100 million funt sterling (115 million evro) ishlab olishni xohlashadi.
Karlos Baleba Premer-liganing joriy mavsumida "Brayton"ning beshta o'yinida qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar