Brayan Riaskos: "Al Hilol" g'alabaga loyiq edi"
12 mar 15:45
Yangiliklar
Brayan Riaskos: "Al Hilol" g'alabaga loyiq edi"
"Paxtakor" hujumchisi Brayan Riaskos Elit OCHL nimchorak final doirasida "Al Hilol"ga qarshi o'yindan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- "Al Hilol" o'z uyida kuchliroq o'yin namoyish etishidan xabardor edik. Biz bor kuchimizni ishga soldik, ammo raqib ijobiy natijaga erishdi. Raqibimiz ajoyib o'yin o'tkazdi, ular dastlabki daqiqalardan boshlab o'yinni nazorat qilishga intilishdi. To'g'risini aytsam, "Al Hilol" bugun g'alabaga loyiq edi, sabab ular bizdan yaxshiroq o'yin namoyish etdi.
- Chempionlar ligasini tark etgan "Paxtakor"ning bo'lajak maqsadlari qanday?
- Superliga bahslariga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bugungi uchrashuv tarixga aylandi. Endi, to'liq etiborimizni Superligaga qaratishimiz kerak. Chempionatning dastlabki turida ijobiy natija qayd etamiz degan umiddaman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar